Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Betis" – "Real Madrid" 2:3 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Betis" – "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

85-daqiqa. Hisobda oldinga o'tib olgan "Qirollik klubi" futbolchilari dadilroq o'ynay boshlashdi. Benzema va sheriklari qo'rqmay raqib himochilarini aldashga kirishmoqda.   

82-daqiqa. GOOOOOL! Serxio Ramos penaltidan unumli foydalandi.

81-daqiqa. PENALTI! Markazdagi kurashning muhokamasi bo'layotgandi, kutilmaganda hakamga takroriy lavhani ko'rishni aytishdi va penalti. Mark Bartraga esa sariq kartochka ko'rsatildi. 

Bu safar Benzema "offsayd"da qolib ketdi. Bu borada "Qirollik klubi" 6:1 hisobida oldinda. 

76-daqiqa. Vilyam Karvalyuning zarbasidan keyin Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

75-daqiqa. Jarima maydoniga kirib borib, to'pni qabul qilib olgan Borxa Mayoral o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

73-daqiqa. Nabil Fekirning o'rniga esa Loren Moron o'yinga qo'shildi.   

72-daqiqa. Luka Yovich o'rnini Borxa Mayoralga bo'shatib berdi.  

70-daqiqa. Antoni Sanabrianing o'rniga Martin Montoya o'yinga tashlandi.  

68-daqiqa. Jarima zarbasini Serxio Ramos amalga oshirdi. Ronaldino uslubiga o'xshash zarbadan keyin to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.  

67-daqiqa. ANA BO'LMASAMHakam takroriy lavhani o'zi ko'rdi va Emersonga qizil kartochka ko'rsatdi. Voqealar yanada qiziq tus olmoqda.  

64-daqiqa. "Real Madrid" tezkor qarshi hujumga qochib ketayotgandi, Benzemaning uzatmasidan keyin Luka Yovich birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo uni to'xtatishdi. Hakam shoshmaslikni  va "VAR" yordamida takroriy lavhani ko'rib olish zarurligini aytmoqda.   

63-daqiqa. Fekir va Karvaxal bir-birlarini ayamay to'p uchun kurashishdi va o'yin to'xtatilgach, bir-birlariga hammasi joyida ekanligini va bu shunchaki futbolning bir qismi ekanligini aytib qo'yishdi.  

61-daqiqa. Luka Yovich darvozaga zarba bergandi, himoyachiga tegib to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi. Burchak to'pidan keyin esa ish zarbagacha etib bormadi.  

59-daqiqa. Karvaxal raqib bilan kurashdan oyog'ida og'riq sezdi shekilli, keyin oqsoqlanib yuribdi. 

58-daqiqa. Jamoalar navbatdagi hamladan avval biroz tin olgandek tasavvur uyg'onmoqda.  

55-daqiqa. O'yin tezlashdi. Nabil Fekir aldamchi harakatlar bilan raqibini chalg'itishga urindi va darvozaga kuchli zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

53-daqiqa. Gido Rodrigesga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Luka Modrichga sariq kartochka ko'rsatildi. 

52-daqiqa. Kazemirodan ajoyib "podkat" va futbolchi to'pni raqibdan olib qo'ydi. 

Hakamlar takroriy lavhani bir necha bor ko'rishdi va golni inobatga olish kerak degan qarorga kelishdi. 

48-daqiqa. AvtoGOOOOL! Karvaxalning uzatmasidan keyin Emerson to'pni darvozaga joylab qo'ydi. 

46-daqiqa. Aynan Iskoning faolligidan keyin Ferlan Mendi qanotdan oldinga o'tgandi, lekin hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Martin Edegor o'rniga Isko maydonga tushdi.  

45+2-daqiqa. Burchakdan etkazib berilgan uzatmadan keyin to'p uchun kurashda mehmonlar qoida buzgani qayd etildi va hakam bo'limni yakunlab qo'ya qoldi. Tanaffus!

45+2-daqiqa. Karvaxal hujumga qo'shilgan Kazemiroga to'pni oshirib bermoqchi edi, lekin Emerson unga qarshilik ko'rsatdi, burchak to'pi. 

45+1-daqiqa. Va aynan Toni Kroos jarohat tufayli almashtirildi. Modrich uning o'rnini egalladi. 

44-daqiqa. Karim Benzema zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo kiper to'pni darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. Kroosdan ajoyib uzatmani ko'rdik.  

42-daqiqa. Qoida buzilishi. Karvaxalga sariq kartochka ko'rsatildi. Zarba amalga oshirildi, Benzema uni qaytardi.  

39-daqiqa. "Real" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi, ammo uzatmadan keyin Ramosning zarbasi o'xshamadi. 

37-daqiqa. GOOOOL! "Paxtakor"ning o'yini tugashini kutib turgan bir pallamizda, "Betis" ikkinchi golini urib ketdi. Bu vaziyatda Kurtuaning ham "mehnati" borligini takidlash lozim. Futbol kechasi davom etadi azizlar! 

34-daqiqa. GOOOOL! Navbatdagi burchak to'pidan keyin "Betis" baribir gol urdi. Bu safar to'p darhol jarima maydoniga uzatib berilmadi, avval orqaroqqa oshirib, keyin uzatma amalga oshirildi, bu esa "Real" futbolchilari etibori susayishiga sabab bo'ldi chog'i. 

30-daqiqa. Mezbonlar bosimni kuchaytirishga urinmoqda. "Betis"ning hujumdagi futbolchilari tinmay oldinga o'tishga urinishmoqda.  

27-daqiqa. Markazda Kazemiro qoida buzdi, "Betis" futbolchilari shoshmoqda. 

22-daqiqa. Mezbonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo Mendi yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.  

20-daqiqa. Fekiiiir! CHap qanot hujumchisi nuqtasida to'pni qabul qilgan franciyalik futbolchi uzoq burchakni nishonga oldi, biroz noaniq.  

19-daqiqa. Luka Yovich katta futbolda debyut o'yinini o'tkazayotgan futbolchilardek biroz xayajonlanib yuribdi.  

17-daqiqa. "Real" burchak to'pidan naf chiqara olmadi. 

16-daqiqa. "Betis" hujumga o'tishga urinmoqda, ammo hozircha o'xshamayapti.  

15-daqiqa. Deyarli keyingi hujumda Serxio Ramos o'ta qulay vaziyatda bo'lishiga qaramay, noaniq zarba berdi.  

Himoyachilar Benzema bir qoqilganda, to'pni yo'qotdi deb o'ylashdi chog'i, to'xtab qolishdi Fede esa bundan unumli foydalanib ketdi. 

14-daqiqa. GOOOOL! Benzemaning uzatmasidan keyin Valverde darvozani ishg'ol qildi.

12-daqiqa. Maydon markazida qo'pollik qayd etildi. "Real" to'pni o'yinga kiritib berdi.

9-daqiqa. O'yin tempi biroz tushdi. "Real" to'pga ko'proq egalik qilishga urinmoqda.

7-daqiqa. "Betis"ning tezkor hujumi zarba bilan yakunlandi, Kurtua o'z o'rnida. 

6-daqiqa. Kazemiro ajoyib uzatma bilan Mendini olg'a boshladi, himoyachi bir raqibini aldadi, lekin keyin o'ng oyoqda bergan zarbasi qovushmadi. 

4-daqiqa. Nabil Fekir qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo to'p yo'liga Varan to'g'anoq bo'ldi. 

2-daqiqa. GOOOL . Ferlan Mendining chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Karim Benzema to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

1-daqiqa. O'yinni Madridning "Real" jamoasi boshlab berdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

Bugun Edegor yana asosiy tarkibda, bunga etibor berib ulgurgan muxlislar, kutilmaganda, Luka Yovich ham o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydigan bo'ldi. 

Yana bir necha daqiqadan keyin uchrashuv boshlanadi. 

Real Betis

Aissa Mandi - 35', William Carvalho - 37'

LaLiga . 3-tur

27/09/2020, 00:00

3 : 2 2-bo'lim

Real Madrid

Federico Valverde - 14', Emerson - 48', Sergio Ramos - 82'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 12'  Emerson35'  Aissa Mandi35'  Sergio Canales37'  William Carvalho37'  Nabil Fekir40'  Guido Rodriguez63'  Joaquin (Cristian Tello)68'  Emerson70'  Antonio Sanabria (Martin Montoya)73'  Nabil Fekir (Loren Moron)81'  Marc Bartra81'  Sergio Canales14'  Federico Valverde14'  Karim Benzema42'  Daniel Carvajal45'  Toni Kroos (Luka Modric)46'  Martin Oedegaard (Isco)48'  Emerson53'  Luka Modric72'  Luka Jovic (Borja Mayoral)82'  Sergio Ramos Match-senterda ochish

"Betis" – "Real Madrid"

00.00, Stadion "Benito Vilyamarin"

"Betis" – Robles, Moreno, Bartra, Mandi, Emerson, Xoakin, Rodriges, Vilyam Karvalyu, Kanales, Fekir, Sanabriya.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Karvaxal, Ramos, Edegor, Valverde, Kroos, Kazemiro, Yovich, Benzema.

YANGILASH

BestMaster
27 Sentabr 2020, 01:45
live , liga, betis, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads