Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Betis" – "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 3-turidan o'rin olgan "Betis" – "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

27-daqiqa. Markazda Kazemiro qoida buzdi, "Betis" futbolchilari shoshmoqda. 

22-daqiqa. Mezbonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo Mendi yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.  

20-daqiqa. Fekiiiir! CHap qanot hujumchisi nuqtasida to'pni qabul qilgan franciyalik futbolchi uzoq burchakni nishonga oldi, biroz noaniq.  

19-daqiqa. Luka Yovich katta futbolda debyut o'yinini o'tkazayotgan futbolchilardek biroz xayajonlanib yuribdi.  

17-daqiqa. "Real" burchak to'pidan naf chiqara olmadi. 

16-daqiqa. "Betis" hujumga o'tishga urinmoqda, ammo hozircha o'xshamayapti.  

15-daqiqa. Deyarli keyingi hujumda Serxio Ramos o'ta qulay vaziyatda bo'lishiga qaramay, noaniq zarba berdi.  

Himoyachilar Benzema bir qoqilganda, to'pni yo'qotdi deb o'ylashdi chog'i, to'xtab qolishdi Fede esa bundan unumli foydalanib ketdi. 

14-daqiqa. GOOOOL! Benzemaning uzatmasidan keyin Valverde darvozani ishg'ol qildi.

12-daqiqa. Maydon markazida qo'pollik qayd etildi. "Real" to'pni o'yinga kiritib berdi.

9-daqiqa. O'yin tempi biroz tushdi. "Real" to'pga ko'proq egalik qilishga urinmoqda.

7-daqiqa. "Betis"ning tezkor hujumi zarba bilan yakunlandi, Kurtua o'z o'rnida. 

6-daqiqa. Kazemiro ajoyib uzatma bilan Mendini olg'a boshladi, himoyachi bir raqibini aldadi, lekin keyin o'ng oyoqda bergan zarbasi qovushmadi. 

4-daqiqa. Nabil Fekir qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo to'p yo'liga Varan to'g'anoq bo'ldi. 

2-daqiqa. GOOOL . Ferlan Mendining chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Karim Benzema to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

1-daqiqa. O'yinni Madridning "Real" jamoasi boshlab berdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

Bugun Edegor yana asosiy tarkibda, bunga etibor berib ulgurgan muxlislar, kutilmaganda, Luka Yovich ham o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydigan bo'ldi. 

Yana bir necha daqiqadan keyin uchrashuv boshlanadi. 

Real Betis

LaLiga . 3-tur

27/09/2020, 00:00

1 : 0 1-bo'lim

Real Madrid

Federico Valverde - 14'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 12'  Emerson14'  Federico Valverde14'  Karim Benzema Match-senterda ochish

"Betis" – "Real Madrid"

00.00, Stadion "Benito Vilyamarin"

"Betis" – Robles, Moreno, Bartra, Mandi, Emerson, Xoakin, Rodriges, Vilyam Karvalyu, Kanales, Fekir, Sanabriya.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Karvaxal, Ramos, Edegor, Valverde, Kroos, Kazemiro, Yovich, Benzema.

BestMaster
27 Sentabr 2020, 00:30
live , liga, betis, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads