Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" ham, "Barselona" ham ushbu transfer oynasida hozirgacha umuman yangi futbolchi sotib olishmadi. Qanday qilib?

Ispaniyadagi g'ayritabiiy transfer oynasi haqida.

.
- Yuklab olish

Futbol dunyosi har yili ispan grandlarining yangi o'yinchilar uchun millionlab mablag'ni sarflashiga o'rganib qolgan edi. SHu sababli, "Real" va "Barsa" ning bu transferlar oynasidagi sukunati ko'pchilikning etiborini tortdi. Biz, ispan grandlaridan bu transfer oynasida katta transferlarni kutish kerakmi?, -degan savolga javob izlaymiz."Real Madrid""Qaymoqranglilar" haligacha biror o'yinchini xarid qilishmadi. Sabab nimada?Himoya chizig'i haqida gapiradigan bo'lsak. Madrid klubiga yangi himoyachi kerak emasdek ko'rinadi, ularda shu siz ham himoyachilar etarli. O'tgan mavsumda qirollik klubi Ispaniya chempionati doirasida bor yo'gi 25ta gol o'tkazdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha oxirgi 7 mavsum davomida eng kam gol o'tkazib kelayotgan madridning boshqa klubi "Atletiko"ni ortda qoldirdi.Ko'pchilik chunib turibdiki, jamoaning yuragi 34 yoshli Serxio Ramosning faoliyati ham oxirlab bormoqda. SHunga qaramay, hozircha Ramos yuqori darajada o'yin ko'rsatib kelmoqda. Umuman olganda, pandemiya sharoitidagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli himoya chizig'ida "yangilash" ishlarini biroz ortga sursa ham bo'ladi.Qirollik klubiga hujum chizig'ini kuchaytirish ortiqchalik qilmagan bo'lar edi. Ronaldu jamoani tark etkandan so'ng jamoa sezilarli darajada kam gol urmoqda, LaLiganing oxirgi mavsumida "Real" 70 gol urishga erishdi, portugaliyalik hujumchi bilan bu ko'rsatgich 100-120 ta ga etgan edi.Ammo, "qaymoqranglilar" hujumchi sotib olishga intilayotgani yo'q. Nega?Birinchidan, "Real" tarkibida Eden Azar bor, belgiyalik futbolchi o'tkan mavsumni asosiy qismini jarohatda o'tkazgan bo'lsa ham (LaLigada 1085 daqiqa o'yin amaliyoti) uning yuqori darajadaligi aniq. Eden Azar ko'p jarohat olmaydigan bo'lsa, amaldagi mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatishi mumkin. Azar jamoani etakchisi bo'lishi kutilmoqda. Bo'lmasa nega 100 million sarflandi?SHu bilan birga, o'tkan mavsumni jarohatda o'tkazgan Marko Asensio tiklanish jarayonida. Zidan qo'l ostida u har doim omadli o'yin ko'rsatgan, shu sababli uni qaytishi jamoani sezilarli ravishda kuchaytiradi.Uchinchidan, "Real Sosedad" jamoasida 7ta gol, 9ta asist qayt etgan yarim himoyachi Martin Edegor ham ijaradan "Real" tarkibiga kelib qo'shildi. Zidanning 4-3-3 sxemasida u chap qanot yarimhimoya yoki o'ng qanot hujumchisi o'rnida yaxshi o'yin ko'rsatishi mumkin.Albatta, jamoa hujumchisi Karim Benzema o'tkan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatib 27 gol va 11 asistni o'z hisobiga yozganini takidlash lozim. Agarda Karimga o'rinbosar sifatida "9" lik hujumchi kerak bo'lsa, unda nomzodlar etarli. Ular o'tkan mavsumda 3tadan golga mualliflik qilgan Lyuka Yovich va Mariano Dias.

"Barselona"Kataloniyaliklarda vaziyat birmuncha og'ir. Rakitich va Vidalni juda arzonga sotishga majbur bo'lgan klub hozirda yangi transferlar uchun pul izlamoqda. Bu narsa ko'k-anorranglilar rahbariyatining harakatlaridan shundoq ko'rinib turibti.Bavariyaga qarshi "8:2" hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, Bartomeu jamoada qoladigan o'yinchilar o'yinchilari ro'yxatini elon qildi. "Ter SHtegen, Langle, De Yong, Semedu, Dembele, Grizmann - bu o'yinchilar bilan biz yangi jamoani quramiz, ular uzoq yil klubda qoladi",-dedi BartameuBiroq, hammasi silliq kechmadi. Rahbariyat Semeduni sotishga qaror qildi. Bu esa Messining jamoada kelajak qurish uchun hech qanday reja va loyiha yo'q degan fikrining isboti edi. Bu hali hammasi emas.Birinchidan "Barselona" uch yil oldin 35 million evroga xarid qilgan portugaliyalikni bor yo'g'i 30 million evroga (bunuslar bilan yana 10 million evro) sotdi. Ikkinchidan, qandaydir 18 yoshli, professional futbolda bor yo'g'i 10ta o'yin o'tkazgan futbolchi uchun 40 million to'lagan Vulverhempton klubiga. Bu ahmoqlikmi yoki jamoa siyosati? To'gri, "Barselona"ning hozirgi byudjeti havas qiladigan ahvolda emas, zudlik bilan pul kerak. Lekin, ular ko'proq talab qilishsa ham bo'lar edi.Bu vaziyatni maoshi ko'p futbolchilarni byudjetni tejash maqsadida jamoadan ketkazildi deya talqin qilish mumkin. Lekin, Semeduning maoshi klubning boshqa etakchilaga qaraganda sezilarli darajada past edi. SHu sababdan bunday narxga jamoadan ketkazish unchalik ham aqlli qaror emas. Tasodifmi yo'qmi, ko'k-anorranglilar Semeduni aynan Depayni sotib olish uchun zarur mablag'ga sotishdi. Ammo bu transfer amalga oshmadi. Lion prezidenti ham Bartomeuning Depay tranferiga qurbi etmasligi haqida gapirganini tasdiqladi."Real Madrid" kabi "Barselona"da ham sarf harajaciz tarkibni kuchaytirishi bo'lgan futbolchi bor. Bu ijaradan qaytgan Filippe Kountinyo. Braziliyalikni sotish ilojsiz va bundan mantiq ham yo'q. Futbolchi mavsum oldi o'yinlarida o'zini yaxshi ko'rsatdi. 3 o'yinda 2 gol va 2 asist. Kuman Kountinyoni hujum chizig'ida emas biroz orqaroqda o'ynatadi. SHu sababli uni o'yini ochilib ketishini tahmin qilsa bo'ladi.Suaresning "Barsa" dan ketishi kutilgan edi. Jamoa undan yuqori maoshi tufayli qutilishga majbur bo'ldi. Suares klubni ko'z yoshlar bilan tark etdi. Klub afsona bilan yaxshi xayrlashmadi. Hozir bu haqida emas. Suaresni ketishi katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.Jamoa yangi murabbiyi Ronald Kuman hujumchi sifatida aslida sof hujumchi bo'lmagan Grizmanni o'ynatadi. Aytaylik, Grizmann jarohat oldi. To'gri francuz jarohatga moyil emas. Tasavvur qilaylik, shunday holat yuz berdi. Oldinda muhim uchrashuv kutib turibdi. Antuanga kim o'rinbosar bo'ladi. Breytueyt, Trinkao, yoki Ansu Fati? Tushunarsiz holat.Barselona bu vaziyatda faqat yosh o'yinchilarni xarid qilishi mumkin. Ammo yosh futbolchilar jamoani oldingi darajaga ko'tara olishi so'roq ostida.

"Atletiko Madrid""Matraschilar"ga hujumda yangi o'yinchilar kerak. O'tgan mavsum hujumdagi ko'rsatkichlari "daxshat: 38 turda bo yo'g'i 58 gol. Simyone qo'l ostida madridlikar bunchalik yomon natijani hali qayd etishmagan edi. Oxirgi yillarda hujumchilarga sarflangan millionlab mablag'lar o'z natijasini bergani yo'q. O'tgan yozda "Atletiko" 90 million sarfladi, bularning bor yo'g'i 7 millioni darvozabon Ivo Grbichga, qolgan 83million esa Morata (56 mln) va Karraskoga (27) sarflandi. Jamoa to'purari bo'lgan bo'lsa ham Morata jamoani tark etdi. Xabarlarga ko'ra u o'z xohishi bilan jamoani tark etgan.Morata o'rniga jamoa Luiz Suaresni xarid qildi. Kavanining ehtimoliy transferiga ham Simeone qarshi emas. Hujumchining Suares bilan yaxshi munosabati ham bu transfer amalga oshishida rol o'ynashi mumkin.Malumki, o'rta yoshli kuchli futbolchini xarid qilish juda qimmat, yosh futbolchini xarid qilish esa jamoani kuchaytirishi so'roq ostida. SHu sababli jamoa Suaresni xarid qilish variantini tanladi. Urugvaylik hujumchi jamoaga deyarli tekinga tushdi (bonuslar bilan bor yo'gi 6 million). Kavani esa erkin agent hisoblanadi. Hujumchiga bo'lgan kuchli ehtiyoj sabab "Atletiko"ni Suaresning maoshi ham qo'rqitgani yo'q.Albatta, "Atletiko" o'rtamiyona o'yinchilarni hisobga olmaganda biror bir futbolchini sotgani yo'q. Sotilishi kerak bo'lgan o'yinchilar bo'lishiga qaramay jamoa shoshayotgani yo'q. Buning sababi pandemiya nafaqat ispan klublariga, balki barcha klublarga ham zarar etkazdi.

championat.com saytidan Jalolxon Inog'omxo'jaev tarjimasi

BestMaster
25 Sentabr 2020, 15:45
barselona, ushbu, transfer, oynasida, hozirgacha, umuman, yangi, futbolchi, sotib, olishmadi, qanday, qilib?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads