Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

PSJning jahli chiqdi

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

"Arsenal"dan o'zgacha yurish

Londonning "Arsenal" jamoasi "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Sky Sport" nashrining ma'lum qilishicha, «kononirlar» "Atletiko"ga o'tishi aniq bo'lib ulgurgan Lukas Torreyraning o'rnini Jorjino bilan to'ldirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi o'tgan mavsumda APLning 31 ta o'yinida maydonga tushdi va 4 golga mualliflik qildi.

PSJning jahli chiqdi

Parij klubi Dele Alli bilan shartnoma imzolash niyatiga ekanligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

«The Telegraph» nashrining ma'lum qilishicha, klub rahbarlariga Daniel Levining qo'yayotgan shartlari manzur kelmayapti.

Shu bois, PSJ Dele Allini ijaraga olish fikridan qaytmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ayni damda ingliz futbolchisi bilan boshqa birorta klub shartnoma imzolamoqchi emas.

Auar Londonga ko'chib o'tadimi

 

Frantsiyaaning «Lion» jamoasi yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini APLda davom ettirishga niyatida.

«The Sun» nashrining ma'lum qilishicha, frantsuz futbolchisi "Arsenal« jamoasidan faolroq bo'lishni iltimos qilmoqda.

Yarim himoyachi allaqachon o'z agenti bilan "Lion" klubi bilan transfer haqida muzokara o'tkazishga ulgurdi.

Eriksenning narxi ma'lum

Milanning «Inter» jamoasi Kristian Eriksenning transfer narxini e'lon qildi.

"CDS" nashrining ma'lum qilishicha, jamoa daniyalik yarim himoyachini 27 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Manbaning ma'lum qilishicha, transfer summasining baland emasligiga qaramay birorta klub rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.

Otamendi ketadi!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi aniq bo'lib ulgurdi.

«Daily Mail» nashrining ma'lum qilishicha, argentinalik himoyachi bilan «Portu» va «Inter» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, «shaharliklar» Otamendi borasida istalgan taklifni ko'rib chiqishga tayyor.

BestMaster
24 Sentabr 2020, 23:00
psjning, jahli, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads