Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Liverpul» tarkibni tozalamoqchi

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Liverpul» tarkibni tozalamoqchi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi transfer oynasi yopilishidan avvalroq bir nechta futbolchini transferga qo'yadi.

"Liverpool Elcho" nashrining ma'lum qilishicha, Yurgen Klopp yangi mavsumda o'z rejalariga kiritmagan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilgan. Unga ko'ra, Sherdan Shakiri, Marko Gruyich, Xarri Uilson, Ben Vudbern va Lorius Kariuslar o'zi uchun yangi jamoa izlashi shart.

Manbaning ma'lum qilishicha, jamoa yosh va iqtidorli hujumchi Rayn Bryusterni ham «Kristal Pelas» yoki «Sheffild»ga qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Sokratis bepul ketadi

Angliyaning "Arsenal« jamoasi himoyachisi Sokratis Papastatopulus "koninirlar" bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqida Le Gazzeta Della Sport nashri ma'lum qilmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, grek futbolchisi bilan «Napoli» jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Sokratis bilan shuningdek Qatar va Saudiya Arabistoni klublari ham shartnoma imzolash ilinjida

«Chelsi» 4 futbolchini sotuvga qo'ydi

Londonning «Chelsi» klubi yana bir yarim himoyachini jamoaga qo'shib olish ilinjida. "Daily Exspress" nashrining ma'lum qilishicha, Frenk «Vest Hem» yarim himoyachisi Deklan Raysni qo'lga kiritish fikridan qaytgani yo'q.

Manbaning ma'lum qilishicha, jamoa klub Raysni qo'lga kiritish maqsadida tarkibidagi 4 ta futbolchini sotuvga qo'yishi mumkin. Unga ko'ra, Ryudiger, Xudson-Odoi, Bakayoko va Ngolo Kantelar borasida jamoa istalgan takliflar uchun ochiq ekanligini rasman e'lon qilgan.

Eslatib o'tamiz, «bolg'achilar» Deklan Rays uchun «Chelsi»dan 75 million evro talab qilmoqda.

Naingollan «Inter»ga kerami?

Milanning «Inter» jamoasi yarim himoyachisi Raja Naingollan kelasi mavsumni ham «Kalyari» safida o'tkazadigan bo'ldi.

"Calciomercato" nashrining ma'lum qilishicha, 32 yoshli belgiyalik futbolchi Arturo Vidal klubga kelgach, keraksizga aylandi. Shu sababli, Konte uni yana «Kalyari»ga ijaraga berib yuborishga qaror qildi.

32 yoshli futbolchi ortda qolgan mavsum davomida «a seriya»ning 26 ta o'yinida maydonga tushdi va o'z hisobiga 6 ta gol yozib qo'ydi.

Erik Garsiya «Barsa»da?!

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi Erik Garsiya borasida yakuniy qarorga keldi. Unga ko'ra, klub 19 yoshli himoyachini qo'lga kiritishni istaganlardan 18 million evro talab qilmoqchi.

Sport.es nashrining ma'lum qilishicha, «Barselona» Erik Garsiyani sotib olishni reja qilgan, ammo ingliz nashrlari Kataloniya klubining hech qanday rasmiy taklif yubormagani haqida ma'lumot tarqatmoqda.

"The Sun" nashri bergan ma'lumotlarga suyanadigan bo'lsak, Garsiya yana bir mavsum Angliyada qolishni va Pep Gvardiolaning ishonchiga kirishni istamoqda.

BestMaster
24 Sentabr 2020, 12:30
«liverpul», tarkibni, tozalamoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads