Nacho Fernandes yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Real”ni tark etishi mumkin. 30 yoshli futbolchining xizmatlariga ayni damda “Milan”, “Napoli” va “Roma” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Napoli” klubi ushbu kurashda etakchiligi aytilmoqda. Boisi neapolliklar tez orada Kalidu Kulibalini “Manchester Siti”ga sotib yuborishi kutilmoqda.
Rimliklar esa Nachoni MYUga qaytgan Kris Smollingga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Nachoning “Real” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan.