Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beylning agenti: «Real» Garet yurgan yo'llarni o'pishi kerak

«Tottenhem» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining «Real»dan ketishi haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Tottenhem» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining «Real»dan ketishi haqida fikr bildirdi.

«Tottenhem»dan ham kattaroq klublar qiziqish bildirdi, ammo Garet shunday qarorga keldi. U bu erdaligidan xursand.

Hamma uning «Real» dagi vaqti tugadi degan qarorga keldi, hammasi jiddiy ekanligini anglaganimiz uchun qaror qabul qilish juda oson kechdi. Qarama-qarshiliklar kuchayib, qo'llab-quvvatlash esa tobora kamayib bordi. Juda ko'p narsalar bo'ldi.

Garet «Real»da o'zi munosib bo'lgan hurmatga sazovor bo'lmadi va bu katta muammo edi. «Real» u klubda erishgan yutuqlari uchun Garet yurgan yo'llarni o'pishi kerak", — Jonatan Barnett.

Eslatib o'tamiz, Garet Beyl «Real»da so'nggi yillarda juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va yakunda ijara asosida «Tottenhem»ga o'tishga qaror qildi.

Qayd etish joiz, «Tottenhem» Garetga begona emas. U 2007—2013 yillar oralig'ida «shporlar» safida to'p surgan. «Real» uni o'sha vaqtdagi rekord narx — 101 million evroga sotib olgandi.

BestMaster
23 Sentabr 2020, 20:00
beylning, agenti, «real», garet, yurgan, yollarni, opishi, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Супер формада қайд
23 Sentabr 2020, 21:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads