Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Garet Beyl: «Endi kuch to'plashim kerak»

So'nggi paytlarda Garet Beylning «Real»dan ketishi haqida turli mish-mishlar yuribdi. 

.
- Yuklab olish

So'nggi paytlarda Garet Beylning «Real»dan ketishi haqida turli mish-mishlar yuribdi. Shunga aniqlik kiritish maqsadida Marca nashri uelslik futbolchi bilan suhbatlashdi.

- Mavsum oldidan o'zingizni qanday his qilyapsiz? Har holda jarohatlar tufayli o'tgan mavsum siz uchun qiyin kechdi...

- Shubhasiz, mavsumoldi yig'inlar og'ir o'tadi. Formamizni tiklab olish uchun ko'p mehnat qilyapmiz. Mavsumga oldingidan ham jangovar ruhda shaylanishimiz talab etiladi.

- Sog'liq borasida muammo yo'qmi?

- Hammasi joyida. Butunlay oyoqqa turish uchun to'piqlarimga kuch keltirmaslikka harakat qildim. O'tgan mavsum og'riqlar tufayli optimal formamga kira olmagandim. Lekin tiklanish uchun ko'p ishladim. Endi esa mashg'ulotlarga tayyorman.

- Ortga nazar solsak, o'tgan mavsum faoliyatingizdagi eng og'iri bo'ldimi? Aytaylik, «Real» safidagi?

- Yanvargacha hammasi yaxshi edi, keyin omadim kelmadi. Futbolda jarohatlardan qochib bo'lmaydi. Albatta, qiynaldim. Lekin eng muhimi - jamoa kerakli sovrinlarni qo'lga kiritdi.

- Kardiffda o'zingizni qanday his qildingiz? Avval zaxira o'rindig'ida o'tirdingiz. Keyin maydonga tushib, kubokni boshingiz uzra ko'tardingiz...

- To'g'risini aytsam, finalga olti hafta qolganda o'zimni ayamay, astoydil mehnat qildim. Chunki formamni tiklab olishni juda istagandim. Busiz ro'yxatga kiritilmasligim mumkin edi. O'sha uchrashuvda zaxira o'rindig'ida o'tirish ham katta yutuq sanalardi. Finalga tayyor bo'lish uchun 12 soatlab ishlashimga to'g'ri keldi. Murabbiy menga in'om etgan daqiqalar esa omadimdir. Buning uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Chempionlar Ligasi kubogini oilam, do'st­larim oldida ko'tarish menga o'zgacha baxt ulashdi.

- Kelajakdan nimalar kutyapsiz?

- Yig'inlarni yaxshi o'tkazib, yangi mavsumga 100 foiz tayyor bo'lmoqchiman. Davolanib, tarkibga qaytganimda 50 foizga tayyor edim, xolos. Umuman olganda, holatimni yaxshilashga rosa urindim. Ammo to'piqlarimdagi jarohat bunga yo'l qo'ymadi.

- Joriy mavsum Beylni yaxshilangan holatda ko'ramizmi?

- Hamisha bor kuchimni ishga solaman. Umid qilamanki, jarohatlar chetlab o'tadi. Hozir esa mavsum davomida jarohatlardan qochish uchun keragicha kuch to'plashim lozim.

- Jamoadagi kelajagingiz haqida turli gap-so'zlar yuribdi. «Real»­dan ketish haqida o'yladingizmi?

- Yo'q. Vaziyat jarohatim bilan bog'liq edi. Ayni payt oldingi holatimga qaytyapman va kelajakda ham «Real» uchun bor kuchim bilan o'ynayman. Jamoa bilan shartnomam bor. Bu erda o'zimni baxtli his qilyapman. Ishonchim komilki, bizni ajoyib mavsum kutib turibdi. Rejam - «Real» uchun gollar urish.

- «Manchester Yunayted»ning sizga qiziqish bildirgani haqiqatmi?

- Mish-mishlarni kuzatmayman. Lekin mantiqan olib qaraganda, men britaniyalikman. Shunday ekan, ko'pchilik uyga qaytishimni istaydi. Ispaniyaga o'ynagani kelgan Bekxem bilan ham, boshqa britaniyaliklar bilan ham shunday bo'lgan. Bu yangilik emas. Yuqorida aytganimdek, Madridda baxt­liman. Ehtimol, boshqa klublardan qiziqish bo'lgandir, ammo ularning hech biridan aniq taklif olmadim. Demak, buni muhokama qilishga hojat yo'q.

- Zidan sizni qo'llaydimi? U bilan gaplashdingizmi?

- Bu erga kelganimizga ko'p bo'lmadi, suhbatlashish uchun hali vaqt bor.

- Zidanning bunchalik tez muvaffaqiyat qozonishiga ishonganmidingiz?

- Balki biror kishi bunga shubha qilgandir. Ammo jamoa Zidanni hamisha qo'llagan. U ko'p ishladi, barchamiz «Real»ning muvaffaqiyati uchun kurashdik. Shu bois ham Zayniddin bir qator sovrinlarni qo'lga kiritdi. Umid qilamanki, bu yog'iga shu ruhda davom etadi.

- Yangi mavsumda «Real» oltita sovrinni qo'lga kiritishi mumkinmi?

- O'ylaymanki, bu juda qiyin ish. Hattoki, bitta sovrinni yutishning o'zi bo'lmaydi. Oltita haqida-ku gapirmay qo'yavering. Biroq biz aynan shuning uchun «Real»damiz. Jamoamiz imkon qadar barcha sovrinlarni yutishni maqsad qilgan. Rejamiz shundan iborat va buni uddalay olishimizga ishonamiz.

- «Real»ning asosiy tarkibiga kirish qiyinlashayotgani sizni xavotirga solyaptimi?

- Balki solayotgandir... Asosiysi, jahonning eng yaxshi klubida to'p suryapman. Barchamiz o'ynashni, sov­rinlar yutishni istaymiz. Jamoada futbolchilar soni 11 nafardan ko'p. Shu bois ham Zidan rotatsiya siyosatini davom ettirmoqchi. Shunda barcha uchun o'ynash imkoniyati tug'iladi.

- Nima deb o'ylaysiz, Krishtianu Ronaldu jamoadan ketadimi?

- To'g'risi, yangiliklarni o'qimayman. «MYu»ning Lukakuni xarid qilganini kecha bildim.

- Mbappe borasida qanday fikr­dasiz?

- Uning ko'p o'yinlarini ko'rmaganman. Lekin ajoyib futbolchi ekanligini bilaman. Agar Mbappe «Real»ga o'tadigan bo'lsa, demak oldingi mavsumni yaxshi o'tkazgan.

- Yangi mavsumda EChLda jamoangizga kimlar raqobatchilik qiladi?

- Har doimgidek, Angliya klublari, shuningdek, «Bavariya», «Barselona», «Yuventus» hamda «PSJ».

BestMaster
30 Iyul 2017, 11:20
garet, beyl, «endi, kuch, toplashim, kerak»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads