Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: “Beyl bilan hech qachon oramizda muammo bo'lmagan”

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yarim himoyachi Garet Beylning “Tottenhem” klubiga o'tishiga munosabatini bildirdi.

.
- Yuklab olish

“SHuni aytishim kerakki, Garet bilan o'rtamizda hech qachon muammo bo'lmagan. Uni jamoadan ketishlariga meni aybdor qilishlarini menga hech qanday tasiri yo'q. CHunki bu asl haqiqat emas. Beylning “Real” uchun qanday hajmda ish bajarganligiga ko'z yumib bo'lmaydi. 

Garetga barcha yaxshi niyatlarni bildiraman. Men u bilan gaplashganim yo'q. U bu erda amalga oshirgan ish tahsinga loyiq. SHubhasiz u jamoa o'zining iqtidorini namoyish etib, jamoa bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqdi. Hayot qonuni shunaqa. Uning o'tgan mavsum jamoada qolganida o'ziga xos sabablar bor edi.

Uning jamoadan ketishi mening elkamdagi yukni ag'daradimi? Yo'q, chunki men u bilan munosabatda hech qachon muammoga duch kelmaganman. U turli sabablar bilan maydonga tushmadi. SHu bois uning jamoadan ketishi bilan qandaydir og'ir bosimdan xalos bo'ldim demagan bo'lardim”, deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

BestMaster
20 Sentabr 2020, 07:30
zidan, “beyl, bilan, hech, qachon, oramizda, muammo, bolmagan”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads