Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Kann»dan Zidan, «Padova»dan Del Pero… Buyuk futbolchilar etishib chiqqan kichik klublar

.
- Yuklab olish

Bugun yodga olmoqchi bo'lgan klublarimizni allaqachon unutib yuborgansiz. Shunday bo'lsada, ular katta futbolga etkazib bergan futbolchilarni hech kim unutgani yo'q. Stadion.uz kamtarin klublarda faoliyatini boshlagan super yulduzlarni yodga oladi. 

Darvozabon.

Oliver Kan – «Karlsrue»

«Titan» laqabi bilan futbol olamida abadiy qoluvchi kipper 14 yil davomida «Bavariya» sharafini munosib himoya qilib keldi. Shunga qaramay, qahramonimiz 20 yil davomida «Karlsrue» sharafini himoya qilganini unutmaslik lozim. Ushbu klub akademiyasidagi barcha yosh toifalarida faoliyat olib borgan Oliver 4 mavsum davomida jamoa darvozaboni sifatida harakat qiladi. 25 yoshga to'lganida esa, uni «Bavariya» o'z safiga qo'shib oladi. Myunhen klubiga ko'chib o'tgach, qahramonimizning yulduzli onlari boshlanadi. 

Himoyachilar.

Mattias Zammer – «Dinamo Drezden»

«Dinamo Drezden» klubi yangi mavsumni 3-divizionda boshlashga majbur. Zammer to'p surgan chog'lari esa, ushbu klub Germaniyadagi nomdor jamoalardan biri edi. Hatto GDR chempionligi uchun ham kurash olib borgan mavsumlar bo'lgan. Afsuski, Berlin devori qulagach, «Dinamo Drezden» katta moliyaviy muammolarga duch keldi. Oqibatda, jamoa quyi divizionga tushib ketdi. Shunga qaramay, ushbu klub muxlislari «oltin to'p» sovrindorini tarbiyalagani bilan faxrlanishi mumkin.

Daniel Passarela – «Sarmento»

Ikki karra jahon chempioni va Argentina terma jamoasining abadiy sardori haqida soatlab fikr bildirish mumkin. «River Pleyt» safidagi super o'yinlariga qaramay, qahramonimiz «Sarmento» tarbiyalanuvchisi sanaladi.  Daniel «River»ga o'tguniga qadar, ushbu klub sharafini ikki mavsum davomida himoya qilgan. Aynan shu faktor sababli bu klubni Passarellaning jamoasi deb atash Argentinada urfga aylangan.

Shahar tashqarisidagi kichik Xunin qishlog'ida joylashgan klub ayni damda Argentinaning ikkinchi divizionida harakat qilmoqda.

Virjil Van Deyk – «Groningen»

Gollandiyadagi deyarli barcha klublar kamida bitta super yulduzni etishtirgani bilan faxrlanishi mumkin. «Groningen» ham shular jumlasidan. «Shimol faxri» Aka-uka Kumanlarni katta futbolga etkazib bergan. Shuningdek, Robben ham aynan shu klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. E'tiborlisi shundaki, «Liverpul» etakchisi Virjil Van Deyk ham aynan shu klubda katta futbolga kirib kelgan.

Roberto Karlos – «Union San Juan»

Braziliyada katta klublar juda ko'p. O'z-o'zidan ulardan etishib chiqqan super yulduzlar ham talaygina topiladi. «Union San Juan» esa, bu borada biroz kamtarin ko'rinishda. Shunday bo'lsada, ushbu klub dunyo futboliga Roberto Karlos singari super futbolchini etkazib bergani bilan maqtanishi mumkin. 90 yillarda Braziliyaning oliy ligasida harakat qilgan klub moliyaviy muammolar sababli pastki divizionlarga qulashni boshladi. 2014 yilda o'zining so'nggi uchrashuvini o'tkazgach, «Union San Juan» to'liqligicha futbol xaritasida yo'qolib qoldi.

Yarim himoyachilar.

Rud Gullit – «Xarlem»

Reykard va Van Bastenlar “Ayaks” tarbiyalanuvchilari sanaladi. Negadir, ko'plab muxlislar Rud Gullitni ham Amsterdam klubida tahsil olgan deb o'ylaydi. Vaholanki, Gullit faoliyati davomida biror marotaba “Ayaks” sharafini himoya qilmagan. «Feynoord» va PSVda to'p surguniga qadar, qahramonimiz «Xarlem» sharafini himoya qilgan. Gullit jamoasi bilan avvaliga Gollandiyaning pastki, so'ng yuqori ligalarida to'p surgan. Achinarlisi shundaki, 120 yillik tarixga ega klub 2010 yilda bankrot bo'lganini rasman e'lon qildi.

Andrea Pirlo - «Breshia»

«Breshia» sharafini o'z vaqtida Gvardiola, Badjo, Gamshik, Xadji singari yulduzlar himoya qilgan, ammo ularning hech biri akademiya tarbiyalanuvchisi sanalmaydi. Shu bois, ushbu muxlislar Andrea Pirloni klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashadi. Bu bejizga emas. Sababi, Pirlo «Breshia»ni «B seriya»da ham tashlab ketmagan edi.

Zayniddin Zidan – «Kann»

Zidanning futbolchilik davrini ko'z oldingizga keltirsangiz, «Real» va «Yuventus» libosidagi futbolchini ko'rasiz. Agar yaxshilab xotirlasangiz, «Bordo»dagi Zidanni ham tasavvur qilishingiz mumkin, ammo «Kann» sharafini himoya qilgan Zidanni eslay olasizmi? 30 yil avval Zidan va Patrik Vieyra singari yulduzlarga qo'nim bo'lgan jamoa ayni damda juda og'ir ahvolda. Moliyaviy sabablarga ko'ra, «Kann» ayni damda Frantsiyaning 7-divizionida faoliyat olib bormoqda.

Hujumchilar.

Roberto Badjo – «Vichensa»

Afsonaviy futbolchi Kaldonoda tavallud topgan. Shu bois, ushbu shaharchadagi klubda ilk futbol saboqlarini oladi. Badjo o'zining professional faoliyatini ushbu klub safida “C seriya”da boshlaydi, ammo ko'p o'tmay uni «Fiorentina» sotib oladi.

Alessandro Del Pero – «Padova»

Sandroni “janob «Yuventus» deb atashadi. Turin klubidagi rekordlarni o'ziniki qilib olgan futbolchi aslida «Padova» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Qahramonimiz ushbu klub safida 15 ta o'yin o'tkazgach, 18 yoshida Turinga ko'chib o'tadi. To'g'ri, uning faoliyatidagi eng asosiy klub «Yuventus» bo'lib qoladi, ammo «Padova» doimo birinchi!

David Vilya – «Sporting»

David Vilyaga mashhurlikni «Valensiya» klubi olib kelgan bo'lsada, qahramonimiz kamtarin Xixongning «Sporting» jamoasi faxri va  Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi sanaladi.

BestMaster
19 Sentabr 2020, 17:30
«kann»dan, zidan, «padova»dan, pero…, buyuk, futbolchilar, etishib, chiqqan, kichik, klublar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads