Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

PSJ «Manchester Yunayted»ni «ranjitmoqchi»

Angliyaning «Manchaster Yunayted» klubi «Portu» himoyachisi Aleks Tellas bilan qiziqib qolgani haqida ma'lumot bergan edik.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Keza «M-Yu»ga o'tadimi?

Italiyaning «Fiorentina» klubi hujumchisi Federiko Keza faoliyatini APLda davom ettirishdan bosh tortdi.

"Le Gazzeta Della Sport" nashrining ma'lum qilishicha, italiyalik hujumchi boshqa chempionatda to'p surishni istamayapti. Shu sababli, mahalliy grandlardan taklif tushishidan umidvor.

Manbaning ma'lum qilishicha, Federiko Evropa chempionatiga qadar Roberto Manchinining e'tibor markazida bo'lish uchun shunday qarorga kelgan.

«Valensiya»ga hujumchi kerak

Ispaniyaning «Valensiya» klubi “Albasete” futbolchisi Roman Zozulya bilan jiddiy qiziqib qoldi.

“Plaza Deportivo” nashrining ma'lum qilishicha, «ko'rshapalaklar» murabbiyi Xavi Garciya ukrainalik futbolchini tarkibga qo'shib olish niyatida.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Valentsiya»ning shortlistidan Kevin-Prins Boateng, Starridj va Ander Iturraspelar o'rin egallagan.

“Atalanta”dan o'zgacha yurish

O'tgan mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan “Atalanta” jamoasi PSV hujumchisi Sam Lemmers bilan qiziqib qoldi.

Fabrittso Romanoning ma'lum qilishicha, italyanlar allaqachon PSV bilan transfer summasi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, klub 23 yoshli Lemmers uchun 10 million evro sarflaydi.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, ushbu summaning 10 foizi «Xerenven» klubi g'aznasiga borib tushadi.

PSJ «Manchester Yunayted»ni «ranjitmoqchi»


Angliyaning «Manchaster Yunayted» klubi «Portu» himoyachisi Aleks Tellas bilan qiziqib qolgani haqida ma'lumot bergan edik.

TMW nashrining ma'lum qilishicha, PSJ «Portu» futbolchisini «ilib ketishga» urunib ko'radi.

Manbaning ma'lum qilishicha, parijliklar braziliyalik futbolchining tovon pulini (20 million evro) to'lash orqali uni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, PSJ jarohat olgan Xuan Bernatning o'rnini Tellas bilan to'ldirish niyatida.

BestMaster
18 Sentabr 2020, 23:30
«manchester, yunayted»ni, «ranjitmoqchi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads