Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ning panada qolib ketayotgan qahramonini taniysizmi

«Real» va «Barselona» klublari o'rtasi-dagi so'nggi klasiko muxlislarga kutilmagan bir vaziyatni sovg'a qildi:

.
- Yuklab olish

«Real» va «Barselona» klublari o'rtasi-dagi so'nggi klasiko muxlislarga kutilmagan bir vaziyatni sovg'a qildi: madridliklarning kuchi tugab, hatto Krishtianu Ronaldu ham jamoani olg'a boshlay olmay qolgan o'ta murakkab vaziyatda tarkibdagi bir futbolchi haliyam taslim bo'lmay, to'p uchun oxirigacha kurashayotgandi. U - Marselo edi. Ha, o'sha, sira charchamaydigan, o'jar, himoyada ham, hujumda ham birdek samarali Marselo. Bizningcha, muxlislar va mutaxassislar Marseloning imkoniyatlariga etarlicha baho bera olishmayapti. Vaholanki, u deyarli 10 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib, «ko'rinmas qahramon» darajasiga chiqib ulgurdi.

O'sha kuni Marselo bobosining so'nggi pullari - 60 tsentni so'rab oldi-da, bekat yaqinidagi o'yin qurilmasi tomon yugurdi. Zero mazkur miqdor hattoki, avtobus chiptasi uchun ham kamlik qilardi. Qurilma pulni qabul qilib olgach, Marseloga turli davlatlar bayroqlaridan birini tanlashni taklif qildi. Bolakay ko'p o'ylanmay, Xorvatiya bayrog'ini tanladi va birdaniga 25 real pulga ega chiqib qoldi. Buncha aqcha chipta tugul, ikki kishilik engilgina tamaddiga ham etardi.

Mittigina Marselo ilk bor «Fluminense» ko'rigiga mana shunday etib olgandi. O'shanda himoyachi endigina 10 yoshga to'lgandi. U aksariyat vaqtini plyaj futboli va futzaldagi mash­g'ulotlarda o'tkazar, ammo kelajakda sportchi emas, otasi kabi yong'in xavf­sizligi xodimi bo'lishni orzu qi­lardi. Futbolga esa uni faqat bir kishi - bobosi Pedro Vieyra undardi, xolos. Aksiga olgandek, bobo va nabira o'sha kuni bir amallab «Fluminense» ko'rigiga borishdi-yu, biroq niyat amalga oshmadi: Marseloni «Sendan ham kuchliroq, iqtidorliroq bolalar bizda etarlicha», degan bahona bilan akademiyaga qabul qilishmadi.

Lekin o'jar qariya maqsadidan og'ishmadi. Marselo bir yilcha «Vasko da Gama»da shug'ullangach, yana «Fluminense» ko'rigiga borib, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdi. Tinib-tinchimas qariya esa nabirasini eskigina «Juk»ka solib olib, Rio-de-Janeyro yaqinidagi klub bazasiga borib-kelar, bolakayning arzimas yutuqlaridan cheksiz quvonardi. Vaqti kelib, nabirasining taraqqiyoti uchun pul kerak bo'lganida, qariya o'ylanib o'tirmay, qadrdon avtoulovini sotib yubordi. «Akademiyaga muntazam qatnash uchun pul kerak bo'lganida, bobom mashinadan voz kechdilar. Haligacha tushunmayman: qanday qilib kelajakda futbolchi bo'lish-bo'lmasligi noaniq bolani deb, mashinadan voz kechish mumkin?» - degandi Marselo oradan bir necha yil o'tgach.

***

Marselo mehnati uchun haq oladigan darajaga etgach, birinchi maoshi - 100 real pulni to'g'ri bobosining qo'liga topshirdi. «Agar bobom Pedro bo'lmaganida, men hech qachon futbolchi bo'lolmasdim. Deylik, 15 yoshimda hoyu-havasga berilgan oddiygina o'smir edim va istalgan yomon yo'lga kirib ketishim mumkin edi. Ammo bobom bunga yo'l qo'ymadi», - deydi Marselo.

Ming afsuski, Pedro bobo nabirasining orzu-havasini ko'rolmadi. U Braziliyada o'tgan 2014 yilgi JChda, Marselo va jamoadoshlarining yarim finaldagi Germaniya termasiga qarshi o'yiniga ikki kun qolganida olamdan o'tdi. O'shanda terma jamoa ustozi Luis Felipe Skolari Marseloga yuzlanib, motam marosimlarini o'tkazib kelishga izn berdi. Ammo Marselo o'zini mardonavor tutib, jamoada qolishni va mundialda g'olib chiqib, bobosining ruhini shod etishni afzal bildi. Lekin bu niyati, amalga oshmadi...

***

2000-yillar boshida «Fluminense»da to'p surgan sobiq futbolchi Renanning fikricha, uzoq vaqt davomida mini-futbol bilan shug'ullanish tufayli Marselo hujumda juda samarali harakat qiladi: «Marselodan to'pni olib qo'yish uchun shundoq intilsang, u bir zumda kutilmagan qarorga kelib, bizni osongina dog'da qoldirardi». Marseloning aytishicha, mini-futbol maydonining kichikligi tufayli u tez qaror qabul qilishga odatlangan:

DAVOMI

BestMaster
14 May 2017, 04:55
«real, madrid»ning, panada, qolib, ketayotgan, qahramonini, taniysizmi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
ramos
 ramos  
qoil ajoyib maqola
14 May 2017, 05:09
ramos_7
 ramos_7  
Marcelloga hurmatim baland
14 May 2017, 06:30
 muhlisa  
6zi marselo hujum4i b6lganida messi va ronaldoga non y6q edi
14 May 2017, 07:30
Nosirov
 Nosirov  
Qoyil adminga tawakkur.
14 May 2017, 09:06
 Jaahaa  
Katta rahmat adminga rostan ham marsello hech tinmaydi
14 May 2017, 22:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads