Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sayyoramizning eng qimmat chempionatlari top 10

.
- Yuklab olish

Stadion.uz transfermerket portali bergan ma'lumotlarga suyangan holda, dunyoning eng qimmat 10 chempionatlari bilan tanishtirib o'tadi.

10-o'rin. «Eredevizie» – 844,1 million evro

Eng qimmat jamoasi “Ayaks” – 283 million evro

Kuchli o'nlikni Gollandiya birinchiligi ochib beradi. Iqtidorlar makoni sanalgan musobaqada raqobat u qadar kuchli emas. Sababi, «Feynoord», PSV va “Ayaks” klublarining umumiy qiymati deyarli musobaqaning qolgan ishtirokchilariniki bilan teng.

9-o'rin. RPL – 887,7 million evro

Eng qimmat klubi – «Zenit» 155 million evro

«Zenit» Rossiya chempionatining umumiy qiymatida 17 foiz ulushni o'ziniki qilib turibdi. Rossiya klublari orasida raqobat Gollandiyadan ancha yaxshiroq. Shu sababli, Rossiya klublari uchun UEFA doimo katta musobaqalar uchun yo'llanmalar ajratishda davom etmoqda.

8-o'rin. Braziliya “A seriyasi” – 935, 6 million evro

Eng qimmat klubi – «Flanmengo» 123 million evro

Achinarlisi shundaki, Braziliya chempionati o'yinlari tomoshaboblik borasida APLnikidan sira qolishmaydi. Shunchaki, vaqt tafovuti sababli ushbu yurt chempionatini bizning mintaqada tomosha qilishning imkoni yo'q. Yulduzlarni etishtirib beruvchi birinchilikda 20 ta klub harakat qilsada, umumiy qiymat borasida qolganlardan ortda qolmoqda.

6,7 o'rin. «Chempionship» – 1,2 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Uotfurd» 197 million evro

Futbol Angliyada shu qadar ommalashganki, hatto Evropaning boshqa musobaqalari ham unga bas kela olmaydi. Mashhur futbolchilar, ajoyib reklama shartnomalari va boshqa omillar «Chempioship»ning xalqaro maydondagi mavqeyini kundan-kunga o'sishi uchun xizmat qilmoqda. To'g'ri, bu musobaqada g'alaba qozongan jamoa UEFA turnirlariga yo'l olmaydi, ammo kuchli raqobat sababli har bir o'yin finalga teng.

6,7-o'rin. Portugaliya chempionati – 1,2 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Benfika» 383 million evro

Portugaliya klublari so'nggi yillarda vatandoshlarimiz to'p surayotgan RPL bilan UEFA kvotalari borasida kurashib kelmoqda. Ayni damda, biroz ustunlik Portugaliya chempionatida, biroq ushbu yurt klublari olib borayotgan siyosiy yaxshi natija qayd etishga to'sqinlik qilmoqda. Ular etakchi futbolchilarni sotib yuborish orqali daromad olishga intilishadi. Ushbu yurt klublari bu borada qolganlardan ancha ilgarilab ketgan.

5-o'rin. Liga 1 – 3,2 milliard evro

Eng qimmat klubi – PSJ 785 million evro

Frantsiya chempionatini ushbu ro'yxatda kuchli beshlikdan o'rin olishida uchta klub katta rol ijro etdi. Yana 7 ta klubning umumiy qiymati 100 milliondan yuqori. Ayniqsa, PSJning tobora grandga aylanib borayotgani «Liga 1»ning kuchli beshlikdagi o'rnini yaxshilab bormoqda.

4-o'rin. Bundesliga – 4,3 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Bavariya» 835 million evro

Bundesligada jamoalarning moliyaviy qudrati o'rtasida katta farq yo'q. Musobaqada ishtirok etuvchi klublarning 8 tasi 200 million evrodan qimmatroqqa baholanmoqda. 300 million evroga baholangan klublardan 5 ta mavjud. Umuman olganda, ushbu chempionatdagi barcha klublarning qiymati 100 million evrodan baland.

3-o'rin. Italiya “A Seriya” – 5 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Inter» 721 million evro

Sizni hayron qoldirishi mumkin, biroq 9 ta skudettoni ketma-ket qo'lga kiritgan «Yuventus»ning tarkibi «Inter»nikidan arzonroq. To'g'ri, «Yuve» birnecha transferlar bilan yana birinchi o'ringa ko'tarilib olishi mumkin, biroq “A seriya”dagi raqobat tobora kuchayib bormoqda. Shu sababli, yangi mavsumda «zebrlalar»ga oson bo'lmasligi aniq.

2-o'rin. Ispaniya «La Liga»si – 5,2 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Barselona» 1,2 milliard evro

Ispaniya Primerosi so'nggi 15 yil davomida Evropada mutlaq hokimlik o'rnatishga muvaffaq bo'lgan klublardan tashkil topgan. Shunga qaramay, musobaqada ishtirok etuvchi klublar orasida tabaqalanish mavjud. Ispaniyadagi klublarning 8 tasi elita qatoriga kirgan bo'lsa, qolganlari o'rtamiyona jamoalar sanaladi. Misol uchun «Barselona» agar «Elche» bilan to'qnash kelsa, maydonda milliard evrolik tarkib 6 millionga baholangan jamoaga qarshi to'p tepishiga to'g'ri keladi. O'rtadagi farq qay darajada ekanligi haqida bundan ortiq misol keltirishning imkoni yo'q.

1-o'rin. Angliya Premier Ligasi – 8,5 milliard evro

Eng qimmat klubi – «Manchester Siti»

APL «La Liga»dan farqli o'laroq, kuchli raqobatni o'zida jam qilgan. Bu musobaqada so'nggi pog'onadagi klub ham «Siti» yoki «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda shou namoyish etishi mumkin. Aynan shu omil sababli APL translyatsiyasini butun dunyo sotib oladi. Ushbu yurt futbolini tomosha qilishni istaganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa, ichki raqobatning yanada kuchayib borishiga ta'sir o'tkazmay qolmayapti.

BestMaster
15 Sentabr 2020, 21:30
sayyoramizning, qimmat, chempionatlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads