Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniyaning eng iqtidorli yosh futbolchisi Zidan e'tiboriga tushdi

Stadion.uz kelajakda «Real Madrid»ning yangi yulduziga aylanishi mumkin bo'lgan futbolchi bilan qisqacha tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz kelajakda «Real Madrid»ning yangi yulduziga aylanishi mumkin bo'lgan futbolchi bilan qisqacha tanishtirib o'tadi.



Yozda «qirollik klubi» o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilarining bir nechtasi bilan xayrlashganidan xabaringiz bor. Ashraf Hakimi va Oskar Rodrigeslar shular jumlasidan. Endilikda, ulardan estafetani ayni damdagi sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaluvchi Antonio Blanko qabul qilib oldi.



Taniqli AS nashrining ma'lum qilishicha, 20 yoshli futbolchini Zidanga shaxsan Raul taklif etgan.

Yarim himoyachidagi o'yinni o'qish va vaziyatga to'g'ri baho berish qobiliyati «Real»ning akademiyada mehnat qilayotgan Raul Gonsalesni hayron qoldirgan bo'lsa, ajab emas. Blankoning mashg'ulotlarini tomosha qilish uchun kelgan Zidan yosh futbolchidgi ishtiyoqdan zavqlanadi. Sababi, Antonio maydonda Kazemiro bajaradigan barcha ishni muvaffaqiyatli uddalay oladi. To'p uchun kurashda faol va qisqa masofaga uzatmalar borasida benazir.

Yosh futbolchining o'yinlarini tomosha qilgan Zidan, Raulga o'z minaddorchiligini bildirdi va Antonioni o'zi bilan mavsum oldi yig'inga olib ketdi. Valdebebasda bo'lib o'tgan o'zgacha yig'inda qahramonimiz o'zini ko'rsatishga harakat qilib ko'rgani aniq.

Sababi, har kuni ham Zidanning e'tiboriga tushishning imkoni yo'q! 176 sm bo'y egasi sanalgan Blanko «Real»da almashtirib bo'lmas futbolchi sanalgan Kazemironing biroz engil nafas olishi uchun imkoniyat yaratib berishga qodir. Ortda qolgan mavsumda «Kastilya»ning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan Antonio tez orada asosiy jamoada ko'rinish berishi hech gap emas. O'tgan mavsumni u singari yorqin o'tkazgan Migalem Baesa «Selta»ga 3 million evro evaziga sotib yubrildi, ammo jamoa Blankoni olib qolishga qaror qildi.



E'tiborlisi shundaki, Raul «Real Madrid» yoshlari bilan Evropa Chempionlar Ligasida g'olib chiqqach, jamoaga bo'lgan e'tibor kattalashdi. Tan olish lozim, Aynan Blankoning ishonchli o'yini evaziga «Real» ushbu musobaqada g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. 2017 yilda klub akademiyasiga qabul qilingan futbolchi bundan avvalroq tengqurlari orasida Evropa chempionligini ham qo'lga kiritgan edi. Umuman olganda, Blanko o'z tengqurlari ichida eng sovrindor futbolchilardan sanaladi. E'tiborlisi shundaki, 19 yoshidayoq milliy terma jamoada ham debyut qilishga ulgurdi.



Uning maydondagi fishkasi sifatida jarima maydonchasi tashqaridan yo'llagan zarbalarini alohida qayd etish lozim. Blanko ortda qolgan mavsum davomida uzoq masofadan yo'llagan zarbalarining 74 foizini aniq nishonga yo'llagan. Bu tengdoshlari orasidagi Evropadagi eng yaxshi ko'rsatgich. Agar Antonio o'z ustida ishlashda davom etsa, bu ustunlik unga katta imkoniyatlar eshigini ochishi aniq.

«Real Madrid» qarorgohidagilar ham yosh iqtidor egasini qo'yib yubormoqchi emas. Shu sababli, uni yana kamida bir mavsumga o'z jamoasida olib qolishga qaror qilishdi. Vaholanki, «Kastilya»dagi omadli mavsumdan so'ng, uni «La Liga»ning bir nechta jamoasi o'z safida ko'rishni istagan edi. Antonio Blankoning kelajagi bilan shaxsan Zidan qiziqib qolgach, «Real» murabbiyning iltimosiga ko'ra unga imkon berishga qaror qildi. Yangi mavsumda maydonda Antonio Blankoning ajoyib harakatlarini ko'rsak, ajab emas.

BestMaster
12 Sentabr 2020, 16:30
ispaniyaning, iqtidorli, yosh, futbolchisi, zidan, etiboriga, tushdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads