Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Chelsi» 7 transferni amalga oshirdi!

.
- Yuklab olish

Ushbu Ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Belotti qoladimi?

Turinning «Torino» jamoasi Andrea Belotti borasida ajoyib taklif oldi.

Italiya nashrlarining ma'lum qilishicha, Belotti borasida Londonning «Tottenhem» jamoasi taklif bilan chiqqan va hujumchi uchun 40 million funtdan voz kechishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Belottining o'zi boshqa klubga o'tmoqchi emas. Ayniqsa, jamoa sardorligini qabul qilib olgach, faoliyatini ushbu klubda yakunlash haqida bosh qotirmoqda.

«Chelsi» 7 transferni amalga oshirdi!

Londonning «Chelsi» jamoasi «Renn» kipperi Eduara Mendining transferini amalga oshirishi haqida ma'lumot bergan edik.

Ingliz nashrlarining ma'lum qilishicha, Mendi borasida klublar kelishuvga erishgan va bugun senegallik darvozabon «Chelsi» qarorgohiga etib keladi. Yaqin 36 soat ichida «Chelsi» o'zining 7-transferini rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

“The Sun” bergan ma'lumotlarga qaraganda, Mendi uchun «Chelsi» 25 million evrodan voz kechgan va darvozabon bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

«Inter» davom etmoqda

Milanning «Inter» klubi tez orada «Chelsi» futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi.

LGDS nashrining ma'lum qilishicha, Markos Alonsoni o'z tarkibiga qo'shib olishni shaxsan Antonio Konte istamoqda. Murabbiy «Chelsi»ning rejalariga kiritilmagan futbolchiga asosiy tarkibda joy naqd ekanligini ma'lum qilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Alonsoning o'zi Londonda qolishni istamoqda, biroq «Chelsi» ispan himoyachisi borasida yaxshi taklif olsa, uni sotib yuborish niyatida.

«Yunayted» «Siti»ga qarshi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi «Siti»ning akademiyasi tarbiyalanuvchisi Charli Manknilni o'z tomoniga «og'dirib» olmoqchi.

17 yoshli futbolchi tengqurlari orasidagi musobaqalarda 600 dan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va «Shaharliklar» bilan professional shartnoma imzolash niyatida.

«Siti» yangi mavsum oldidan uni asosiy tarkibga kiritmoqchi emas. Shu sababli, «qizil iblislar» Maknilni o'z safiga qo'shib olish ishlarini boshlab yubordi.

Agar Charli «qizil iblislar» bilan professional shartnoma imzolasa, «Manchester Yunayted» hamshaharlariga 1,3 million evro to'lab berishi lozim.

BestMaster
12 Sentabr 2020, 13:00
«chelsi», transferni, amalga, oshirdi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
12 Sentabr 2020, 16:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads