Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich Ronaldusiz "Real" haqida: "U ketganidan so'ng birdamlik bilan o'ynayapmiz, endi biz bitta o'yinchiga bog'liq emasmiz"

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Krishtianu bilan o'ynash ajoyib edi. Biz u bilan ajoyib 7 yilni o'tkazdik va ko'plab sovrinlar yutdik. Mashg'ulotlarda ham boshqacha ishlar edi. Jamoa eng yaxshi holatida bo'lmagan payt Krishtianu o'zining mahorati, ambiciyasi, xarakteri va sifatlaridan foydalanib o'yinni hal qilishi mumkin edi.

U alohida edi, Krishtianusiz esa ko'proq jamoa bo'lib o'ynashimiz kerak. Ammo, ishlar yomon bo'lgan payt, sehr ko'rsatadigan futbolchi ham kerak. Ikki yildan beri Krishtianusiz birdamroq, yana ham ixchamroq va jamoa bo'lib o'ynamoqdamiz. Bizning eng katta sifatimiz - endi bitta o'yinchiga bog'liq emasmiz", - deydi Modrich.

Ronaldu "Yuventus"ga 2018 yilda 117 million evro evaziga o'tgan. 35 yoshli portugaliyalik futbolchining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

BestMaster
11 Sentabr 2020, 10:30
modrich, ronaldusiz, real, haqida, ketganidan, song, birdamlik, bilan, oynayapmiz, endi, bitta, oyinchiga, bogliq, emasmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads