Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich bobosini qanday qilib o'ldirganliklarini so'zlab berdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bobosini qanday qilib yo'qotganini so'zlab berdi. 

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bobosini qanday qilib yo'qotganini so'zlab berdi. Modrichning qarindoshlari Yugoslaviyada bo'lgan urush davrida o'z uylarida halok bo'lishgan. O'shanda Luka endigina 6 yoshni qarshi olgandi.

«Bu bizning oilamiz tarixining bir qismi. Bobom bilan birga o'tkazgan yorqin xotiralar qolgan, ko'p vaqtni birga o'tkazardik, birga o'ynardik, birga ovga borardik. Ota-onam ishda bo'lardi, biz esa bobom bilan birga uyda qolardik, o'sha damlar juda ajoyib edi...

Bolaligimda juda ko'p qiyinchiliklarga duch kelganman. O'sha otishmalarni yaxshi eslayman, baxtli tasodif tufayli o'sha kunlar ortdi qoldi. Ha, dushmanlar mening sevimli bobomni o'ldirishgan. Barchamiz yig'lagandik. Imkon bo'ldi deguncha men uning qabrini ziyorat qilaman. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Men uning birinchi nabirasi edim. Futboldagi yutuqlarimni u ko'ra olmaganini eslasam... U mening turmush o'rtog'imni, farzandlarimni ko'rmadi... Biroq, men hech qanday qasos olish niyatida emasman, shunchaki yashashda davom etaman va oldinga qadam tashlayman», - dedi Modrich.

BestMaster
10 Sentabr 2020, 01:00
modrich, bobosini, qanday, qilib, oldirganliklarini, sozlab, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads