Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (67-qism)

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Real”ning 20-asr so'nggidagi hujum uchligi. Shuker, Raul va Myatovich!

“Liverpul”ni buyuk kulubga aylantirgan murabbiy Bil Shenkli nonushtadan ko'ngli to'lmaganini yashirib o'tirmayapti…

1987-yil. Garri Linikerning Ispaniya davrozasiga kiritgan goliga e'tibor qarating. O'sha uchrashuvda hujumchi poker qayd etgani bilan ko'pchilikning yodida qolgan edi.

1973-yil. “Arsenal” o'z uyida “Manchester Yunayted”ni qabul qilmoqda. Muxlslardan biri “Arsenal” futbolchilarini qo'llab-quvvatlashning yangi yo'lini o'ylab topgan ko'rinadi.

17 yoshli Gaiska Mendeta “Kastelone” safida katta futbolga kirib kelganidan xabaringiz bormi?

Pele va Trapattoni

1995-yil. Hozirgina Denis Berkamp “Arsenal” bilan shaxsiy shartnoma imzoladi.

Jennaro Gattuzo “Tottenhem” murabbiylar shtabi a'zosi Jo Jordanni bo'gmoqda! Vaholanki, ushbu murabbiy o'z vaqtida “Milan”da to'p surgan…

1998-yil. Perluiji Kaziragi “Chelsi” jamoasiga o'tdi. O'z zamonasining eng iqtidorli futbolchisi bo'lishiga qaramay, Kaziragi Londonda omadsizlikka uchraydi. APLning shiddatiga dosh bera olmagan futbolchi birin-ketin jarohat ortirib oldi va futbol bilan erta xayrlashadi.

Kenni Dalglish hozirigina “Liverpul” klubi bilan shartnoma imzoladi. Afsonaviy futbolchi klub bilan butun umrga bog'langanidan xabari yo'q…

1998-yil. Frantsiyada bo'lib o'tgan JCh. Del Pero Eto’odan o'zib ketmoqda

Jimmi Floyd Xasselbank kutilmaganda “Atletiko” bilan segundaga ravona bo'ladi. Muxlislar bundan g'alablangan bo'lsada, hech kim hujumchiga e'tiroz bildirmaydi. Sababi, Jimmi mavsum davomida 24 ta gol kiritib “La Liga” to'puraridan atigi 3 ta golga ortda qoladi xolos.

Bir paytlar “A Seriya”ni kichkina Jahon chempionati deb atashar edi. Ushbu jumlaning yuzaga kelishida bu yigitlarning tutgan o'rni beqiyos.

BestMaster
4 Sentabr 2020, 22:00
korishingiz, shart!, futbol, tarixidan, soylovchi, suratlar, 67-qism,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Зур
4 Sentabr 2020, 22:50
 u7777u  
Гап йуқ
4 Sentabr 2020, 22:52
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads