Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Barsa” futbolchisi APLda?!

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Barsa” futbolchisi APLda?!

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi tez orada Kataloniyaning “Barselona” jamoasi vingeri Usman Dembele bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

“Don Balon” nashrining ma'lum qilishicha, “Barselona” Usmanni 105 million emas, 70 million evro evaziga ham qo'yib yuborishga rozi.

Manbaning ma'lum qilishicha, “qizil iblislar” Sancho va Duglas Kostalarni qo'ldan chiqarib yuborgach, bor e'tiborini 23 yoshli vingerga qaratadi.

“Tottenhem” uni qaytaradimi?

 

Londonning “Tottenhem” jamoasi “Inter” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni ortga qaytarmoqchi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, “shporlar” daniyalik futbolchini ortga qaytarish borasida rasman taklif yuborgan, biroq “Inter” salbiy javob qaytargan.

Manbaning ma'lum qilishicha, yarim mavsum davomida to'p surgan futbolchini “Inter” transferga qo'ymoqchi emas.

Regilon APLda?!

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Real”ga Serxio Regilon borasida rasmiy taklif yubordi.

AS nashrining ma'lum qilishicha, “qizil iblislar” ispaniyalik himoyachiyni tez orada o'z safiga qo'shib oladi.

O'tgan mavsumni “Sevilya”da ijara asosida o'tkazgan futbolchini shuningdek “Yuventus” va “Napoli” klublari ham o'z tarkibida ko'rish uchun kurashga qo'shilgan.

“Tottenhem”ga Darvin kerak

 

Londonning “Tottenhem” klubi Ispaniyaning “Almeriya” jamoasi hujumchisi Darvin Nunes borasida taklif tayyorlamoqda.

“The Sun”nashrining ma'lum qilishicha, “shporlar” forvordni qo'lga kiritish uchun 15 million evro sarf etmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, urugvaylik hujumchi uchun “Brayton” jamoasi ham kurashga qo'shilgan. Klub Darvin uchun turli bonuslar bilan 24 million evro taklif etmoqda.

“Liverpul” ishga kirishdi

Angliyaning “Liverpul” jamoasi Avstryaning “Zaltsburg” klubi hujumchisi Petson Daka bilan shartnoma imzolashga juda yaqin kelmoqda.

“TaemTalk”ning ma'lum qilishicha, 21 yoshli zambiyalik hujumchi bilan “qizillar” jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, “Liverpul” Avstriya klubi uchun 20 million evro taklif etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Petson Daka o'tgan mavsumda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo'ydi.

BestMaster
3 Sentabr 2020, 19:00
“barsa”, futbolchisi, aplda?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads