Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Garet Beyl omadsizligida “Real”ni ayblamoqda

Madridning “Real” jamoasi futbolchisi Garet Beyl SkySport nashri uchun bergan intervyusida APLga qaytishi borasida fikr bildirdi. Shuningdek, uelslik vinger “Real” uni o'z vaqtida qo'yib yubormaganidan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” jamoasi futbolchisi Garet Beyl Sky Sport nashri uchun bergan intervyusida APLga qaytishi borasida fikr bildirdi. Shuningdek, uelslik vinger “Real” uni o'z vaqtida qo'yib yubormaganidan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi.

“Agar menga APLga qaytish imkoniyati taqdim etilsa, albatta bu taklif borasida o'ylab ko'raman. Keling, sabr qilamiz va barchasi qanday davom etishini kuzatamiz. Hali transfer oynasi yopilmagan. U uzoq muddat davomida ochiq bo'ladi. Shunday ekan, istalgan daqiqada hammasi o'zgarib ketishi mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham, transferim amalga oshishi “Real Madrid”ga bog'liq.

Ochig'i o'tgan mavsumdayoq jamoani tark etmoqchi edim, biroq klub meni qo'yib yuborishni istamadi. Ular ketishim aniq bo'lib ulgurganda ham ishga kirishmadi va so'nggi soniyalarda mening transferimni barbod etishdi. Yashirib o'tirmayman, menga taklif qilingan shartnoma ajoyib edi. Afsuski, bu transfer amalga oshmay qoldi.

Xitoy klubidan tashqari, boshqa jamoalar ham meni o'z safida ko'rishni istagani rost. Negadir klub mening ketishim uchun to'sqinliklar o'rnatdi. Oqibatda, bu to'siqlardan oshib o'ta olmaganim uchun ham bir mavsum Madridda qoldim.

Yashirib o'tirmayman, juda ham futbolni sog'indim. Men yangi g'alabalarga juda o'chman. Shunga qaramay, qaysi klubda to'p surishimni “Real” hal etadi. Ular bilan o'rtada shartnomam mavjud. Shu sababli, faqatgina o'z ishimni qilishda davom etishim mumkin. Qo'limdan boshqa ish kelmaydi.

Men endigina 31 yoshga qadam qo'ydim. O'zimni juda yaxshi his etyapman. Sport formam ham ajoyib. Hali-hamon ko'p narsaga qodir ekanligimni his etib turibman. Barchasi “Real”ning qo'lida, ammo ular mening hayotimni qiyinlashtirishda davom etishmoqda.”

BestMaster
3 Sentabr 2020, 18:30
garet, beyl, omadsizligida, “real”ni, ayblamoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads