Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” futbolchisi “Milan”ga o'tdi

Madridning “Real” klubi futbolchisi Braim Dias faoliyatini “Milan”da davom ettirishi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Vest Bromvich”ga hujumchi kerak

Angliyaning “Chelsi” klubi hujumchisi Mishu Batshuayi bilan “Vest Bromvich” jiddiy qiziqib qoldi.

“Football Insider” nashrining ma'lum qilishicha, 26 yoshli hujumchini “Vest Bromvich” klubi bir mavsumga ijaraga olishn istamoqda. Klub Timo Vernerni sotib olgach, Mishu Lempardga keraksizga aylandi. Shu bois, London klubi belgiyalik futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas, biroq uni ijaraga bermoqchi emas.

Manbaning ma'lum qilishicha, “aristokratlar” Batshuayining transferidan hech bo'lmaganda 25 million evro ishlab olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Batshuayining “Chelsi” bilan shartnomasi 2021-yilda o'z yakuniga etadi. Shu bois, “Vest Bromvich” hujumchining transfer summasini 10 million evroga qadar tushurushni istamoqda.

Simeonega himoyachi kerak

Madridning “Atletiko” klubi ustozi Diego Simeone Renan Lodi bilan raqobatlasha oladigan himoyachi sotib olishni istamoqda.

"Diario AS" nashrining ma'lum qilishicha, murabbiy “Xetafe” qanot himoyachisi Matias Olivierani tarkibga qo'shib olishni istamoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, 22 yoshli himoyachini qo'lga kiritish uchun “Atletiko” katta summa sarf etishi talab etilmaydi.

Ayni damdagi klubning moliyaviy ahvoli sababli urugvaylik futbolchining Madridga ko'chib o'tishi haqiqatga yaqin bo'lib turibdi.

Jordi ketadimi?

Kataloniyaning“ Barselona” jamoasi himoyachisi Jordi Alba yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi mumkin.

"Don Balon" nashrining ma'lum qilishicha, 31 yoshli fulbek Ronald Kumanning rejalaridan tushib qolishdan cho'chimoqda. Suares yoki Rakitich singari keraksiz futbolchiga aylanib qolishdan avvalroq boshqa klub bilan shartnoma imzolash haqida bosh qotirmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Jordi bilan “Manchester Yunayted” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. “Qizil iblislar” mavsum startidayoq safdan chiqqan Lyuk Shouning o'rnini aynan Alba bilan to'ldirmoqchi.

“Barselona” ishga kirishdi

Kataloniya super klubi tez orada “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumning transferini e'lon qiladi.

“DiarioSport” nashrining ma'lum qilishicha, “Barsa” allaqachon gollandiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, klub “Liverpul”ga yarim himoyachi uchun 15 million evro to'lab beradi. Bundan tashqari, yana 5 million turli bonuslar tariqasida “Liverpul” g'aznasiga borib tushadi.

“Real” futbolchisi “Milan”ga o'tdi

Madridning “Real” klubi futbolchisi Braim Dias faoliyatini “Milan”da davom ettirishi aniq bo'ldi.

Bu haqida taniqli jurnalist Nikola Skiri ma'lum qilmoqda. Unga ko'ra, “rossonerilar” Diasni sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olmoqda. “Milan” Diasni o'z jamoasida qolishini istasa, mavsum so'nggida 20 million evro sarf etishiga to'g'ri keladi. “Real” o'z futbolchisini qayta sotib olish sharti bilangina sotishga rozi bo'ldi.

Ayni damda, shartnomaning shu bandi borasida muzokaralar olib borilmoqda.

BestMaster
2 Sentabr 2020, 19:00
“real”, futbolchisi, “milan”ga, otdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
2 Sentabr 2020, 19:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads