Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Klubsiz qolib ketgan yulduzlar

Stadion.uz ayni damda erkin agent maqomidagi taniqli futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ayni damda erkin agent maqomidagi taniqli futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

Aleshandro Pato

So'nggi klubi “San Paulu” jamoasi bo'lgan hujumchi ayni damda o'zi uchun yangi jamoa izlash bilan band. Xitoy birinchiligida faoliyatini qayta ishga tushirishga urunib ko'rgan Pato endigina 30 yoshga chiqdi. To'g'ri, qahramonimiz “Milan” safida ko'rsatgan o'yinlarini boshqa namoyish eta olmayapti, biroq uning nimalarga qodir ekanligini barcha biladi. Balki shu sababli, transfermarket portali hujumchini 5 million evroga baholayotgandir.

Neven Subotich

Yurgen Klopp davrida Subotich Hummels bilan shu qadar ajoyib tandem hosil etdiki, hatto uni Serhio Ramos bilan solishtirishni  boshlab yuborishgan edi. Afsuski, Dortmund klubidan ketish, Subotichga biroz qimmatga tushdi. Avvvaliga “Sent-Eten” sharafini munosib himoya qilgan futbolchi ortda qolgan mavsumni “Berlin Union” klubida o'tkazdi. Afsuski, serb kutilgan darajani namoyish etmadi. Berlinliklar esa, ajoyib o'tmish uchungina u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. Oqibatda, transfer narxi 2 million evrolik futbolchi erkin agentga aylandi.

Klaudio Bravo

Mavsum so'nggida “Manchester Siti” bilan o'rtadagi shartnomasi yakunlangan darvozabon ham ayni damda ko'plab grandlar e'tiborida turibdi.

Afsuski, chililik kipper anchadan beri terma jamoadan chaqiruv olmayapti. Vaholanki, Pep Gvardiola uni “Liverpul”ga qarshi o'yinda maydonga tushirishdan sira cho'chimagan edi. To'g'ri, Bravo 37 yoshda, biroq zamonaviy futbolda bu yosh darvzabonlar uchun qo'rqinchli emas. Uni qo'lga kiritgan klub sira afsus chekmasligi aniq. Sababi, tajribali darvozabon istalgan vaqtda qo'l kelishi va yoshlarga ajoyib na'muna bo'lishi turgan gap.

Gael Klishi

“Arsenal” va “Manchester Siti” klublarining sobiq qanot himoyachisi 35 yoshni “urib qo'ydi”, ammo to'xtash haqida bosh qotirmayapti. O'zining so'nggi klubi – “Istanbul” safida Robino bilan birgalikda Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan fulbek arab klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Turkiya chempionatida chinakam porlagan futbolchi hali-hamon jamoasi uchun naf keltirishga qodir.

Branislav Ivanovich

“Chelsi” klubining sobiq sardori “Zenit”ga Evropa Chempionlar Ligasida gurhdan chiqishda yordam bermadi, biroq RPL darajasini birmuncha ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, “Everton” serb bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha, uning qaysi klub safiga o'tishi noma'lum. Ayni damda, himoyachining transfer qiymati 1 million evroga teng.

Xatem Ben Arfa

Chaqqon frantsuz hali-hamon maydonda shou namoyish etishga qodir. 33 yosh bo'lishiga qaramay, Ben Arfaning dribbling va texnikasi kuchli beshlik klublarini o'ziga rom etishi mumkin. O'zining so'nggi klubi “Valyadolid”da unga biroz omad kelmadi. Korona-tanaffus sababli qahramonimiz sport formasini yo'qotib qo'ydi. Uning agenti mijozi tez orada yana “Liga 1”da ko'rinish berishi haqida ma'lumot tarqatmoqda.a

BestMaster
30 Avgust 2020, 23:00
klubsiz, qolib, ketgan, yulduzlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads