Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messining «Barselona»dagi “qurbonlari”

Futbol muxlislari Lionel Messining klubdagi qarama-qarshilikka uchrayotganini birinchi bor guvohi bo'lishmayapti. Avval ham argentinalik futbol dahosi bunday ahvolga tushgan va har safar uning raqibi chekinishga majbur bo'lgan. Avvalari ham Messi klubdagi janjallar sababli jamoani tark etishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan, biroq har safar jamoada qolgan. Bugun uning “Barselona” klubidagi mojarolari va ushbu janjallarning oqibatlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

Futbol muxlislari Lionel Messining klubdagi qarama-qarshilikka uchrayotganini birinchi bor guvohi bo'lishmayapti. Avval ham argentinalik futbol dahosi bunday ahvolga tushgan va har safar uning raqibi chekinishga majbur bo'lgan. Avvalari ham Messi klubdagi janjallar sababli jamoani tark etishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan, biroq har safar jamoada qolgan. Bugun uning “Barselona” klubidagi mojarolari va ushbu janjallarning oqibatlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Messi – Ibrahimovich

Zlatanning Kataloniyaga ko'chib o'tishi, millionlab muxlislarning yuraklariga shirin orzular olib kirgani rost. Zlatan “Barselona” jamoasi futbolchisiga aylangach, tez orada sovrinli mavsumlar boshlanishi lozim edi. Afsuski, amalda barchasi o'zgacha bo'lib chiqdi. Shvedning jamoani tark etishida Gvardiola bosh omil bo'lsa-da, muammoning zamirida Messi bor ekanligini hech kim yashirib o'tirmadi. Zlatan GvardiolaLeoning qo'lida o'yinchoq ekanligini bir necha bor ta'kidlagan bo'lsa, ispan nashrlari Pep Messining talabiga binoan Zlatanni markazdan qanotga ko'chirgani haqida bong urishdan to'xtamadi. Oqibatda, bir mavsumdan so'ng “Barselona” katta talafot evaziga bo'lsa-da janjalkash Ibrahimovichni ortga Italiyaga qaytarib yubordi. Doimo etakchi bo'lishga ko'nikib qolgan Ibra hali-hamon Messining egosi haqidagi voqealarni katta qiziqish bilan so'zlab berishda davom etmoqda.

Messi – Vilya

Bu voqea ham qurboni David Vilyaning Zlatan bilan o'xshashlik jihatlari juda ko'p. Aslida, ispan Kataloniya klubi o'yin falsafasiga yaxshi moslashgan edi, biroq Leo bilan bo'lib o'tgan mojaro barchasiga chek qo'ydi.

2012-yilning 10 sentyabr sanasida “Granada”ga qarshi uchrashuvda hujumchilar o'rtasida nizo kelib chiqadi. “Kamp Nou” arenasidagi o'yinda David jamoadoshiga to'pni etkazish o'rniga zarba yo'llaydi. Bu esa, argentinalik futbolchining g'azab otiga minishiga sabab bo'ladi. O'rtada kichik janjal chiqqan bo'lsada, bu millionlab muxlislar ko'z o'ngida bo'lib o'tgani uchun uzoq vaqt davomida muhokama qilinadi. Keyinroq, “MundoDeportivo” nashri hujumchilar anchadan beri o'zaro suhbatlashmayotganini va o'rtadagi sovuqchilik anchadan beri mavjudligi haqida ma'lum qildi. Mavsum yakunlangach, David boshqa jamoaga ketdi. Leo esa, yana yakkahokimlik o'rnatdi.

Messi – Telo va Sanches

Aslida, bu voqea to'liq yoritilmagan, lekin ispan jurnalistlarining fikri qat'iy.

Doimo so'nggi zarbani berishni xush ko'ruvchi Lionel Messi Ispaniya chempionati o'yinlari doirasida bir necha bor jamoadoshlariga keskin tanbeh beradi. Futbolchining lab harakatlaridan ma'lum bo'lishicha, u Aleksis Sanches va Kristian Teloni keskin tanqid qilgan va ularni ikkinchi sortdagi futbolchilar deb atagan. Bundan tashqari, ularni birinchi imkon bo'lishi bilan o'ziga to'pni uzatishga majbur ekanligini ham qo'shib qo'ygan. To'g'ri, keyinchalik, Leo bu ayblovlarni mutlaq rad etdi, ammo uning maydonda asabiylashishga majbur qilgan futbolchilar ko'p o'tmay boshqa klublarga ravona bo'lishdi. Buni shunchaki tasodif deb bo'lmaydi, yana kim biladi deysiz?!

Messi – Faus

Leoning “qurbonlari” ro'yxatida nafaqat futbolchilar, balki klub rahbarlari ham mavjud. Qahramonimizning “Barselona” klubi rahbarlariga bosim o'tkazishi haqida mish-mishlar tarqaganiga deyarli 8 yildan oshdi. Ushbu mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo'lgan voqea esa, ko'pchilikning e'tibor markazidan chetda qolgani rost.

2013-yilda bo'lib o'tgan kichik “to'qnashuv”ni yodga olamiz. “Barselona” klubi vitse-prezidenti Xaver Faus “Barselona”ning Messi bilan shartnomani yaxshilangan ko'rinishda uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabar paydo bo'lgach, o'z fikri bilan o'rtoqlashadi.

“Ochig'i, 6 oy avval shartnomasini yaxshilagan futbolchimiz bilan yangi shartnoma imzolashdan hech qanday naf ko'rmayapman”.

Oradan bir hafta o'tib, argentinalik futbolchi OAV orqali juda keskin javob qaytaradi.

“Faus – futbolga umuman tushunmaydigan inson. U klubni xuddi korxonani boshqargandek boshqarishni istaydi. “Barselona” dunyoning eng kuchli klubi. Bu jamoada faqat eng zo'r menejerlar faoliyat olib borishi lozim”.

Ushbu kichik voqeaning yakunini darrov payqagan bo'lsangiz kerak. Faus ko'p o'tmay iste'foga chiqdi. Messi esa, 3 oydan so'ng, jamoa bilan yangi (yaxshilangan) shartnoma imzoladi.

Messi – Luis Enrike

 

2015-yilda Messi jamoaning yangi bosh murabbiyi – Luis Enrikega aslida kim etakchi ekanligini ko'rsatib qo'yishga qaror qiladi. Endigina, klubda ish boshlagan murabbiy mashg'ulotlar chog'ida Leoga nisbatan qo'pollik ishlatilgan vaziyatga e'tibor qaratmaydi. Bu voqea haqida batafsil ma'lumot bergan Jeremi Matyo quyidagicha xotirlaydi:

“Oddiy mashg'ulotlardan biri edi. Biz so'nggi 15 daqiqada biroz futbol o'ynashga qaror qildik. Uchrashuv boshlanishi bilan kimdir Messiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Buni Enrike ko'rmaganlikka oldi. Shu payt, Leo o'rnidan sapchib turdi va murabbiyga keskin e'tiroz bildirdi. Ular biroz tortishib turishdi. Keyin, Leo jahl bilan kiyinish xonasiga kirib ketdi. Enrike esa, o'rtadagi sovuqchilikni yo'qotish maqsadida uning ortidan kiyinish xonasiga yo'l oldi. O'sha voqeadan so'ng, Luis Enrike hech qachon Messini tanqid qilganini ko'rmadim”.

Messi – Abidal

Eng yangi voqealardan birini ham eslab o'tish zarar qilmaydi. 2020-yilning fevral oyida Leo va “Barselona”ning texnik kotibi Erik Abidal o'rtasidan “ola mushuk o'tgani” hech kimga sir emas. Ular o'rtasiga sovuqchilik solgan voqea Ernesto Valverdening iste'fosidan so'ng yuz berdi. Murabbiyning jamoadan ketishi haqida “sport.es” nashri uchun intervyu bergan Abidal murabbiyga o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshmagan futbolchilari pand bergani haqida fikr bildiradi. Ushbu iqtibos Ispaniyada keng yoyilgach, Leo o'z uslubida javob qaytaradi.

“Har bir inson o'z ishi va o'z qarorlari uchun javob berishi lozim. Futbolchilar ham maydondagi natija uchun javobgar. Menejerlar esa, qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas'ul. Agar futbolchilar haqida tanqidiy fikr bildirilar ekan, ularning nomini aytish lozim. Aks holda, birgina so'z bilan butun jamoani balchiqqa bulg'ash hech gap emas. Bundan tashqari, aynan shunday so'zlardan so'ng, mish-mishlar urchib ketadi”.

Messining o'tkir so'zlaridan so'ng, butun jamoa uning tarafiga o'tib oladi. Bartomeu esa, vaziyatni yumshatish maqsadida Abidalni yolg'iz qoldirib Leoning tarafini oladi. Oqibatda, klub futbolchilari va rahbariyat o'rtasida ko'prik vazifasini bajarishi lozim bo'lgan Erik qisqa muddatda keraksiz insonga aylanib qoldi.

Messi – Kike Seten murrabbiylar shtabi

Aslida, Kikening “Barselona” klubiga murabbiy bo'lishini aksariyat muxlislar juda sovuq qarshi olishgan edi. Ular orasida klub futbolchilari ham mavjud ekanligi ko'p o'tmay ma'lum bo'lib qoldi. Vu narsa avvaliga sezilmadi, biroq shu yilda “La Liga” doirasida bo'lib o'tgan “Selta”ga qarshi uchrashuvda Messi sirni fosh etib qo'ydi. Teletranslatsiya kadrlariga tushib qolgan voqea uzoq muhokama qilinmadi. Sababi, barcha Leoning Kike va uning shtabiga qanday munosabatda ekanligini allaqachon anglab bo'lgan edi.

2:2 hisobi bilan yakunlagan o'yindan so'ng, murabbiy Lionel bilan janjallashib qoladi. Bunga futbolchining murabbiy yordamchisi Eder Sarabiyaning Messi tomonidan behurmat qilingani sabab bo'ldi. Uchrashuv chog'ida, Leoga ko'rsatma berish uchun maydon chetiga kelgan Sarabiyani Messi atayin ko'rmaganlikka oldi. U shu yo'sinda, murabbiylar shtabining uning oldida hech qanday qadri yo'q ekanligini ko'rsatmoqchi bo'lgandek nari ketdi.

Endilikda, uning noroziligi jamoa bilan xayrlashish darajasiga etib keldi. Jamoadoshlari, murabbiylar, vitse-prezidentdan so'ng, endilikda futbolchi butun boshli “Barselona”dan norozi bo'lmoqda. Boshqacharoq qilib aytganda, Messi Bartomeu boshchiligidagi boshqaruv stolidagi barchadan norozi. Hozircha, Bartomeu o'z o'rnida mahkam o'rnashib olgan, biroq unga qarshi maydonga Messi chiqib keldi. Bu to'qnashuvda Bartomeuning imkoniyatlari Messinikidan yaxshiroq deb bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan Messi yana bir qarama-qarshi kuchni chetga surib tashlaydi. Qolganini esa, vaqt ko'rsatadi.

BestMaster
30 Avgust 2020, 00:00
messining, «barselona»dagi, “qurbonlari”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads