Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Raul qo'l ostidagi "Real" UEFA O'smirlar ligasida g'olib bo'ldi

Madrid klubi UEFA O'smirlar ligasi g'olibiga aylandi.

.
- Yuklab olish

Finalda ispan klubi Lissabonning "Benfika" jamoasini 3:2 hisobida taslim etdi.

Madridliklar 1-bo'limdan so'ng Pablo Rodriges va Enrike Jokuning avtogoli evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. 49-daqiqada esa Gonsalu Ramos gol urdi va hisob qisqardi. 50-daqiqadayoq "Real" Migel Guterresning goli evaziga ishonchli hisobga qaytdi.

57-daqiqada "Benfika" hujumchisi Ramos dubl qayd etdi va o'yinga intrigani qaytardi. Lissabonliklar 68-daqiqada hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo Dantas penaltini golga aylantira olmadi.

Bu "Real"ning UEFA O'smirlar ligasidagi ilk g'alabasi. Qayd etish kerakki, Madrid jamoasini sobiq mashhur futbolchi Raul boshqarmoqda.

BestMaster
26 Avgust 2020, 10:30
ostidagi, real, uefa, osmirlar, ligasida, golib, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 sabir  
raulning murabbiylikdagi bu sovrinlari bardavom bo'lsin. g'alaba muborak.
27 Avgust 2020, 23:50
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads