Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Barselona” Suaresga chiqish eshiklarini ko'rsatib yubordi

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirshda davom etamiz.

“Barselona” Suaresga chiqish eshiklarini ko'rsatib yubordi

“ElChiringuito” nashrining ma'lum qilishicha, “Barsa” o'z hujumchisi Luis Suaresni sotib yuborishga qaror qilgan.

Ushbu nashr jurnalisti Joti Jordining ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi urugvaylik hujumchiga o'zi uchun yangi klub izlash kerakligini ma'lum qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, bu qaror klubga Ronald Kumanning murabbiy etib tayinlanishi bilan bog'liq.

Eslatib o'tamiz, Suares bilan Qatar va MLS klublaridan bir nechta takliflar mavjud.

“Liverpul” futbolchisi nishonda

 

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi – Ronald Kuman jamoaga “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma izmolash niyatida.

ADnashrining ma'lum qilishicha, “Livepul” gollandiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagani bois, Kuman vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi Gollandiya terma jamoasida Ronald Kuman qo'l ostida to'p tepgan.

Silva Londonda?!

 

Parijning PSJ jamoasi himoyachisi Tiago Silva o'z faoliyatini APL da davom ettirishi mumkin.

“DailyTelegraph” bergan ma'lumotlarga qaraganda, 35 yoshli himoyachining hizmatlari bilan “Chelsi” jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Tiago yosh “Chelsi” jamoasi futbolchilari uchun chinakam etakchiga aylanishi mumkin.

Futbolchining o'zi kelajagi borasidagi barcha rejalarini EChL finalidan so'ng, e'lon qilishini ma'lum qilgan edi.

Arsenal” transferga yaqin turibdi

Londonning “Arsenal” jamoasi tez orada yangi futbolchining transferini rasman e'lon qiladi.

“TheTelegraph” nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, klub “Lill” markaziy himoyachisi Gabriel Magales bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, “Arsenal” allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi va uni qo'lga kiritish uchun “Lill”ga 22,6 million funt taklif etmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, braziliyalik himoyachi harid qilinishi bilan Sokratis Londonni tark etadi.

Tonali qaysi klubga o'tadi?

“Breshia” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali Milanning “Inter” jamoasi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.

“Corierra Della Sport” nashrining ma'lum qilishicha, yosh italiyalik futbolchi allaqachon “Inter” klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Unga ko'ra, Tonaliga yangi jamoasi yiliga 3,5 million evrolik shartnoma taklif etgan.

Manbaning ma'lum qilshicha, “Inter” Sandroning transferini rasman Evropa Ligasidan so'ng rasman e'lon qiladi.

BestMaster
20 Avgust 2020, 14:00
“barselona”, suaresga, chiqish, eshiklarini, korsatib, yubordi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 marco_20_  
Kuman ham zidanga o'xshab faqat hamyurtlarini sotvolorkanda zidan faqat fransuzlarga kuman faqat gollandlarga qiziqadi
20 Avgust 2020, 18:34
 u7777u  
Туғири
20 Avgust 2020, 20:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads