Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (63-qism)

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Desham, Davids va Zidan. Futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilar uchligi!

Emil Heski Stiven Jerrardga qarshi! Ular o'sha davrlarda Angliya terma jamoasi sharafini birga himoya qilishgan.

Ser Aleksning  1999-yilda ikkita futbolchisiga bo'lgan hurmati oshgani aniq. Ulardan biri e'tibor markazingizda turibdi!

“Ayaks”ga EChL finalida g'alaba qozonishda ko'mak bergan Patrik Klyuver zamonasining eng iqtidorli futbolchisi sanalgan.

“Qizil iblislar”ning etakchilari yangi rusmdagi telefonni reklama qilishmoqda.

1999-yil. “Milan” Jorj Vea yordamida o'zining 16-chempionligini nishonlamoqda. Bugungi kunda Liberiya Prezdenti sifatida faoliyat olib borayotgan qahramonimiz “oltin to'p”ni aynan shu klub libosida qo'lga kiritgan.

Roberto Karlosning yosh va kuchga to'lgan davridan esdalik.

2004-yil. O'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionati. “Ko'hna qit'a”ning eng iqtidorli yigitlari Fabregas va Ben Arfa to'p uchun kurashda. Ulardan biri kutilaganidek super yulduz darajasiga ko'tarildi, ikkinchisi esa…

1996-yil. “Atletiko Madrid” Simeone boshchiligida hozirgina Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

1998-yildagi JCh final uchrashuvida Ronaldo og'riq qoldiruvchi ukollar yordamidagina harakat qila olgan. Shifokorlarning aytishicha, bu ukollar uning yuragiga salbiy ta'sir ko'rsatishiga qaramay, “so'yloq” vatani uchun 90 daqiqa hayotini garovga qo'ygan ekan.

Bu 20 asr o'rtalaridagi Milan derbisida sodir bo'lgan oddiy voqea.

“Lids” afsonasi Jeki Charlton uchrashuvdan so'ng, ko'ngli tusagan ishni qilar edi.

1994-yil. “Milan”  EChL finalida “Barselona”ga “shapaloq” tortib yuborgan uchrashuv...

BestMaster
17 Avgust 2020, 17:30
korishingiz, shart!, futbol, tarixidan, soylovchi, suratlar, 63-qism,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads