Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi "Inter"da?!

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Evropa chempioni uchun kurash avjida

Moskvaning TsSKA jamoasi   va Kievning “Dinamo” klublari “Lester” yarim himoyachisi Adrien Silva uchun kurashga kirishdi.

“Record” nashrining ma'lum qilishicha, 31 yoshli yarim himoyachining hizmatlari uchun klublar 8-10 million evro atrofidagi taklif yuborgan.

Silvaning “tulkilar” bilan tuzgan shartnomasi kelasi yili o'z yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, qahramonimiz o'tgan mavsumni ijara asosida “Monako” klubida o'tkazdi.

“Vulverhepton”ga hujumchi kerak

Angliyaning “Vulverhempton” klubi tez orada tarkibiga hujumchi qo'shib oladi.

Ingliz nashrlarining ma'lum qilishicha, klub nishonida “Braga” forvordi Paulino Diash turibdi.

Avvalroq “bo'rilar” hujumchi uchun 14 million funt taklif etishgan, biroq “Braga” buni rad etgan edi.

Endilikda, APL klubi uning transferi uchun 23 million funt sterling to'lashga qodir “Latsio” bilan bahslashishiga to'g'ri keladi.

“Siti” rad etdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Kalidu Kulibali va Tiago ALkantaralar borasida hech qanday taklif bilan chiqmaganini rasman e'lon qildi.

“ManchesterEveningnews” nashrining ma'lum qilishicha, “shaharliklar”ning Kulibali bilan qiziqib qolgani haqidagi ma'lumotlarni “Napoli” klubi shaxsan o'zi tarqatgan bo'lib, shu yo'sinda o'z futbolchisining transfer qiymatini oshirmoqchi bo'lgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Alkantaraning agenti va reklama hamkorlari ham o'z mijozining trendda bo'lishi uchun shunday yo'l tutgan.

Arsenal” darvozaboni nishonda

 

Angliyaning “Arsenal” klubi kipperi Emiliano Martinez yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Argentinalik kipper Leno jarohat olgan chog'da, jamoani bir necha bor qutqardi va mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunladi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, kipper uchun asosiy da'vogar APLga qaytgan “Lids” bo'lib turibdi.

Bundan tashqari, “Everton”, “Sevilya”, “Roma” va “Valensiya” klublari ham Martinesni o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas.

Moratti Messi haqida fikr bildirdi

 

Italiyaning “Inter” klubining sobiq prezidenti Massimo Moratti Leo Messining Milanga ko'chib o'tishi haqida mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“Men hozir “Inter”ning muxlisi sifatida so'zlamoqchiman. Menda hech qanday insayderlar etkazgan ma'lumotlar yo'q.

“Inter”ning bugungi kundagi egasida Leoni jamoaga jalb etish uchun kerakli barcha narsa mavjud. Moliyaviy va ma'nan bu ishni “Inter” qilishga qodir.”- deb mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Quotidiano Sportive” nashri.

BestMaster
15 Avgust 2020, 08:00
messi, interda?!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads