Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Yuventus” uchta hujumchidan birini tanlaydi

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuve” tanlov qiladi

Italiyaning “Yuventus” klubi yozda jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida markaziy hujumchi sotib olmoqchi.

“Le Gazzeta Della Sport” nashrining ma'lum qilishicha, “zebralar” nishonida bir yo'la uchta hujumchi turibdi.

Ular Arkadiush Milik (“Napoli”), Edin Jeko (“Roma”), va Alvaro Morata (“Atletiko Madrid”).

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu variantlardan birini tanlash Andrea Pirlo va jamoa sport direktori Fabio Paratichilar tomonidan hal etiladi.

Eslatib o'tamiz, Pirloning o'zi Alvaro Moratani ortga qaytarish tarafdori bo'lib turibdi.

Dzyuba Turkiyada?

Rossiya terma jamoasi sardori va “Zenit” hujumchisi Artyom Zyuba faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

“OrtaCizigi” nashrining ma'lum qilishicha, Istanbulnng “Beshiktosh” klubi rus forvordi bilan shartnoma tuzish niyatida. Manbaning ma'lum qilishicha, klub Balotelli bilan shartnoma imzolay olmgach, bor e'tiborini Dzyubaga qaratgan.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda 31 yoshli futbolchi RPL doirasida bitta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

“Napoli” ishga kirishdi

Neapol shahri klubi yangi futbolchilarni jamoaga jalb etish borasida ishlar olib bormoqda.

Italiyalik jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, “Napoli” “Real” himoyachisi Serhio Regilonni qo'lga kiritish maqsadida “qirollik klubi”ga 15 million taklif qilgan. Madrid klubi esa, o'z futbolchisini 25 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

Shuningdek, Gattuzo jamoasini “Udineze” hujumchisi Kevin Lazanya ham to'ldirishi mumkin. 28 yoshli hujumchi 3 mavsumdan beri “Udineze” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Uning hisobida 101 ta o'yin va unda kiritilgan 30 ta gol mavjud.

Xames seriali davom etadi…

 

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Parij klubida davom ettirishga juda yaqin turibdi.

“Le10sport”ning ma'lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchining agenti – Jorjo Mendesh ayni damda Parijda va mijozining kelajagi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, katta ehtimol bilan PSJ ushbu transferni amalga oshiradi. Sababi, klub “Real” talab qilayotgan 35 million evroni to'lab berishga qodir.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Xames “La Liga”ning atigi 8 ta o'yinida maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 ta gol+ 1 ta assistni yozdirib qo'ydi.

“Fulhem” “Arsenal” futbolchisini nishonga oldi

Angliyaning “Fulhem” klubi yangi mavsumni APLda boshlashi aniq bo'lgach, tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni boshladi.

“Football London” nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa “Arsenal” himoyachisi Kelum Chembersning hizmatlari bilan qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Skot Parker jamoasi tez kunlarda “koninirlar”ga 25 million evrolik taklif yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Arteta yangi mavsumda jamoani kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilardan voz kechishga qaror qilgan va ushbu ro'yxatda 25 yoshli Chembers ham bor.

Pessini “Milan” nishonida

Milan shahrining “Milan” klubi “Atalanta” jamoasi yarim himoyachisi Matteo Pessinini nishonga oldi.

“Salciomercato” nashrining ma'lum qilishicha, “rossonerilar” 23 yoshli futbolchini qo'lga kiritish maqsadida 12 milliondan voz kechishga tayyor. O'tgan mavsumni “Verona” safida ijara asosida o'tkazgan Pessinining o'zi ham “Milan” bilan shartnoma imzolash orzusida.

Elsatib o'tamiz, “Atalanta” bu transferni amalga oshirishga rasman tayyor ekanligini ma'lum qildi. Tez orada muzokaralar boshlanadi.

BestMaster
13 Avgust 2020, 22:30
“yuventus”, uchta, hujumchidan, birini, tanlaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 dowran  
Xames otgani yahshi babr realga endi keremas beyl ham
14 Avgust 2020, 10:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads