Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sterling: “ECHLda g'olib chiqishga kuchimiz etadi”

“Manchester Siti” vingeri Rahim Sterling ECHL 1/8 finalida “Real” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

“Biz g'alabaga judayam chanqoq edik. O'ylashimcha, restartdan keyin barcha bizning g'oliblik uchun qanday kurash olib borayotganimizni ko'rib, bilib turibdi. Ushbu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishga kuchimiz etadi. Biz “Real” bilan butun o'yin davomida buni ko'rsatib berdik. 

CHempionlar ligasida qatnashayotgan jamoalarning o'yin sifati juda yuqori. Biz kuchimizni to'g'ri taqsimlagan holda o'z o'yinimizni namoyish etishimiz lozim. 

Eng muhimi bu turnirda har bir daqiqada o'zingizni 100 foiz imkoniyatlaringizni namoyish etishingiz lozim. Musobaqa yangi formatda o'tkazilmoqda va biz bunga tayyormiz. Jamoadoshlarimning qo'lidan keladigan ish bu maydonga chiqib, o'zini nimalarga qodirligini ko'rsata olish. Oldimizdagi o'yinlar bizning haqiqiy holatimizni – oldinga qadam bosayapmizmi yoki bir joyda turib qolganmizmi, ko'rsatib beradi”, dedi Sterling “PA Sport”ga bergan intervyusida.

BestMaster
11 Avgust 2020, 01:30
sterling, “echlda, golib, chiqishga, kuchimiz, etadi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 marco_20_  
Bavarya yoki barsa bln tushsa ham zo'r o'yin bo'ladi pep sobiq jamoalariga qarshi daxshat
11 Avgust 2020, 10:05
 u7777u  
Бавария ёриб ташлайди
11 Avgust 2020, 11:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads