Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: BBCni saqlab qolmoqchiman

Fransiyalik mutaxasis "Man Siti"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berib o'tdi.

 

"Albatta, natijadan qoniqmadim. Biz yomon o'ynamadik, biroq natija o'yinga yarasha bo'lmadi. Bu mavsumoldi 2-o'rtoqlik o'yini edi. Mag'lubiyat haqida har doim gapirgandan foyda yo'q, biz mag'lub bo'ldik tamom. Raqiblarimiz bizdan biroz ustunlik qildi. Endi biz biroz dam olamiz va shanba kungi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Ushbu o'yinda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishni xohlaymiz. Men mag'lubiyatga uchrashni yoqtirmayman va biroz ko'ngil xira bo'ldi.

Yosh tarkib haqida:

"Men ularni ko'rib turganimdan xursandman. Ular juda yosh va iste'dodli. Oskar uchun xursandman. 18 yoshida bosh jamoada gol urish ajoyib."

BBC haqida:

"Umid qilaman, BBC jamoada qoladi. Men ularni tarkibimda saqlab qolmoqchiman, xuddi boshqa futbolchilar singari. Qolgani 31-avgustgacha hamma narsa o'zgarishi mumkin."

Keylor Navas haqida:

"U har doim yaxshi harakat qilgan va mashg'ulotlarda ham jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Har bir futbolchida og'ir damlar bo'ladi, aynan shunday davr unda ortda qoldi. Hozir u ajoyib formada."

"Manchester Siti" haqida:

"Bu jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va hozirda ajoyib formada. Bizda ham uchrashuvda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, biroq mag'lub bo'ldik va endi bo'lajak o'yinlar haqida o'ylayapmiz."

Mbappe haqida:

"Men bu yerda murabbiyman va siz mendan mashg'ulotlar haqida. Biz ishlayapmiz va kuzatamiz nima bo'lar ekan. Tarkibimda yetarli futbolchilar bor, hozircha ular shu yerda men bilan va qolganini kuzatamiz."

 

 

BestMaster
27 Iyul 2017, 14:50
zidan, bbcni, saqlab, qolmoqchiman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
ruziboy
 ruziboy  
BBC ???????? M S N ?????????
27 Iyul 2017, 15:13
 2422  
Kuzatamiz
27 Iyul 2017, 16:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads