Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Realdu»

Ikki o'yinning bir kunda bo'lishida ham ramziy ma'no bordek. Aynan bog'liqlik Ronaldu va "Real"da.

.
- Yuklab olish

Ikki o'yinning bir kunda bo'lishida ham ramziy ma'no bordek. Aynan bog'liqlik Ronaldu va "Real"da. Ronaldu doim mana shunday pallalarda o'z jamoalariga yordam berib kelgan, yumshoq qilib aytganda. Aslida esa portugallik futbolchi etaklab, opichlab kelasi bosqichlarga olib borganini bugun "Real" misolida ko'rdik.

U "qirollik klubi"dan ketgach, tarkibda deyarli katta o'zgarish bo'lgani yo'qdek. Uni ustiga klub La Ligani ham qo'lga kiritdi. Ronaldu bilan esa 9 yil ichida Madrid klubi menimcha ikki bor Primerada zafar quchgan. Ammo, Chempionlar Ligasida 4 marta g'olib bo'lgan. Bu balki "Real"ning emas, Ronalduning turniridek taasurot uyg'otmayaptimi sizlarda?

"Yuve"ni ham bugun yana bir o'zi opichlab, daryoning narigi tomoniga olib o'tmoqchi edi, biroq biroz o'xshamadi. Nega? Sababi futbolchilarning darajasi boshqa. Ya'ni bu "Real"dagi jamoadoshlari emas. Murabbiy — qo'rqoq Sarri. To'g'ri, Dibala Krishtianu bilan yaxshi chiqishib olgan edi, lekin bugungi o'yinga uning jismoniy holati tayyor emas ekanligini ko'rdik. Bernardeski bahsni yaxshi boshlagandi, ammo Sarri uni argentinalik bilan almashtirdi. Murabbiyning yurishlari ham o'yinga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi, lekin ijobiy tomonga deya olmaymiz.

Xullas, bu bir o'yin bilan bog'liq vaziyat emas. Doim bir futbolchining o'zi tortib yurolmaydi. "Real"ga kelsak, hamma Varanni ayblamoqda, bunga e'tiroz yo'q. Ramossiz Varan, Ramos bilan o'ynaydigan Varandan farq qilarkan, deyishdi ustozlar. Qo'shilaman. Ammo ikki o'yinni olib qarasak aynan ikkinchi o'yinga katta ta'sir etgan omillardan biri Ramosning birinchi o'yindagi qizil kartochkasi. Uning ham aybi menimcha Varannikidan kam emas. Mayli o'z manfaatlari uchun bo'lsa ham jamoani doim oldinga chorlaydigan, doim golga chanqoq Ronaldu "Real"ni tark etganiga 2 yil bo'ldi. Bunga jamoa ko'nikdi ham deylik. Ammo, xuddi shunday vazifani o'z zimmasiga olgan, ichki chempionatda klubning ikkinchi to'purari bo'lgan Ramos ham qizil olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ygani Varanning xatolari fonida qolib ketmadimikin?! Varan xato qildi, lekin hujumdagi faollikchi, yarim himoya va hujum?

Zidan ham 83-daqiqada 3 o'zgarishni amalga oshirdi. Nahot, ikkinchi goldan keyin o'zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo'q edi?! Nega Asensioni ertaroq tushirmadi? Nima uchun Azarning o'yinini ko'ra turib, avvalroq uni o'zgartirmadi? "Real"da  Vinisius degan futbolchisi bor edi, adashmasam. Har holda Vinisius Yovichdan yaxshiroq o'yin ko'rsatishi klubning yosh muxlislariga ham ayon. Yoki Zidanning ham muvaffaqiyatlari negizini Ronalduning yakka hal etgan o'yinlari tashkil etadimi?

Qisqa qilib aytganda, Ronalduga bugun "Real" kerak edi, "Real"ga Ronaldu.

Muhammadali Muhammadkarimov.

BestMaster
8 Avgust 2020, 13:30
«realdu»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads