Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tugadi ("Real" haqida)

Evropa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, Madridning "Real" klubi musobaqaning joriy mavsumidagi ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunladi. 

ECHL. "Man Siti" "Real"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi 

Hozir Zinedin Zidan boshchiligidagi "qirollik klubi"ning musobaqadagi ishtiroki haqida bazi malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

Demak, Varanni ham qo'shib hisoblasak, "ECHL-2019/20"da "Real" sharafini 25 nafar futbolchi himoya qildi: 

T. Kurtua, A. Areola

D. Karvaxal, A. Odriosola, Nacho F., S. Ramos, R. Varan, E. Militao, Marselo V., F. Mendi

X. Rodriges, Isko A., L. Modrich, K. Kazemiro, T. Kroos, F. Valverde, Braim D.

L. Vaskes, Vinisius J., Rodrigo G., M. Asensio, G. Beyl, E. Azar, K. Benzema, L. Yovich

"Qaymoqranglilar" 8 o'yinda 16 bor raqib darvozabonlarini ranjitishdi. Ayni paytga qadar faqat "Bavariya" (27), "Man Siti" (20), PSJ (20) va "Tottenxem" (18) klublari "Real"dan ko'proq gol urgan. Takidlash lozimki, Madrid superklubining barcha gollari 8 nafar futbolchining nomiga yozildi:

Karim Benzema 5, Rodrigo 4, Ramos 2, Isko 1, Modrich 1,  Vinisius 1,  Kroos 1, Kazemiro 1.

Golli uzatmalar:

Rodrigo 3, Marselo 3, Benzema 2, Vinisius 1, Kazemiro 1,  Kavaxal 1,  Azar 1, Kroos 1

Raqib darvozasini o'qqa tutish bo'yicha "qirollik klubi" 3-bo'lib turibdi. "Real" futbolchilari o'rtacha hisob bilan har o'yinda 17,4 tadan zarba berishgan. Bu borada faqat "Bavariya" (23.7) va "Liverpul" (18.3) madridliklardan oldinda.

Har o'yindagi o'rtacha to'p nazorati — 53.8 % (8-o'rin).

To'p uzatishlardagi o'rtacha aniqlik — 87.6 % (4-o'rin). "Real"dan yaxshiroq natijani faqat "Man Siti" (89.5), "Bavariya" (88.4) va "Yuventus" (87.7) jamoalari qayd etishgan.

Turnir davomida Zidan shogirdlariga 13 ta sariq, 1 dona qizil rangdagi kartochka ko'rsatildi.

Tibo Kurtua va Alfons Areola darvozasiga 8 o'yinda 12 ta to'p kiritildi. To'plar nisbatidagi holat Madrid uchun uyatli bo'ldi (+4).

Qatorasiga 2-yildirki, "qirollik klubi" turnirning chorak final yo'llanmisini qo'lga kirita bilmadi. Joriy mavsum Ispaniyada chempion, mamlakat kubogida 1/4 final bosqichi ishtirokchisiga aylangan "Real Madrid" Evropa CHempionlar Ligasining nimchorak finalida to'xtashga majbur bo'ldi. Malumot uchun, ECHLni qatorasiga 3 bor yutgan Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatida ilk bor qitaning eng nufuzli musobaqasini tark etdi.

Xullas, ECHLning 13 karra g'olibi uchun mavsum shunday tugadi.

BestMaster
8 Avgust 2020, 12:30
tugadi, real, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads