Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» Varanning qo'pol xatolari evaziga yutqazdi

«Manchester  Siti» Evropa chempionlar ligasida o'z yurishini davom ettiradi.

.
- Yuklab olish

«Manchester  Siti» Evropa chempionlar ligasida o'z yurishini davom ettiradi. «Real» esa, nimchorak final javob bahsida o'ziga o'xshamadi. Ayniqsa, madridlik himoyachilar ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi. Ayniqsa, Rafael Varaning xatolari "Qirollik klubi"ga qimmatga tushdi.

Bahsning 9-daqiqasida frantsiyalik futbolchi o'z darvozaboni bilan uzatmalar almashayotganida to'pni Jezusga oldirib qo'ydi. Gabrielning uzatmasini esa Sterling yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi.

Oradan 20 daqiqa o'tar-o'tmas "Real" hisobni tenglashtirdi. Rodrigo o'ng qanotdan etkazilgan uzatmani Benzema bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Gvardiola shogirdlari ikkinchi bo'limni yanada kuchliroq o'tkazishdi. Bahsning 68-daqiqasida Varan bosh bilan to'pni darvozabonga etkazdi. Jezus esa to'pga ertaroq etib bordi va Kurtuani dog'da qoldirdi — 2:1.

Goldan keyin Zidan jamoasi vaziyatni o'zgartirish harakat qildi, ammo bu kecha "Siti" kuchliroq edi va haqli ravishda chorak finalga yo'l oldi.

Evropa chempionlar ligasi, nimchorak final, javob o'yini
Manchester Siti Angliya – Real Madrid Ispaniya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 1:1 – 28 Benzema, 2:1 – 68 Gabriel Jezus.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Fernandino, de Bryuyne, Rodri Ernandes (Otamendi, 89), Foden (Bernardu Silva, 67), Gyundogan, Sterling (Silva, 81), Gabriel Jezus.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Militao, Varan, Mendi, Kroos, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 61), Modrich (Valverde, 83), Azar (Yovich, 83), Benzema.
Ogohlantirishlar: Modrich (81).
Dastlabki o'yin: 2:1

BestMaster
8 Avgust 2020, 02:00
«real», varanning, qopol, xatolari, evaziga, yutqazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads