Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "Manchester Siti" - "Real Madrid" 1:1 (matnli translyaciya)

CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Manchester Siti" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib boring.

.
- Yuklab olish

Yangilash

"Manchester Siti" – "Real Madrid" 1:1 (LIVE)

Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 1:1 – 28 Benzema.

00:00, «Etixad Stedium»

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Fernandino, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Foden, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Militao, Varan, Mendi, Kroos, Kazemiro, Rodrigo, Modrich, Azar, Benzema.

Birinchi o'yin: 2:1

43. Sterlingning pasiga Karvaxal to'sqinlik qildi, "Real" qarshi hujumga o'tib ketdi. 

40. Kevin to'p bilan oldinga intilmoqda, Karvaxaldan muvaffaqiyatli "podkat", xavf ortda qoldi. 

37. Kanseluning zarbasini Kurtua to'sdi, qaytgan to'pni Militao tepib yubordi.  

"Murabbiylar dueli" ham davom etmoqda. 

35. Benzemaga ajoyib pas etib keldi, biroq Karim ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi. 

33. Uokerjan o'ziga xos yurish va zarba! Ammo noaniq. 

30. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 47% - 53%

28. GOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni tenglashtirdi - 1:1!  Rodrigoning ohista uzatmasidan keyin Karim Benzema bosh bilan gol urdi. 

24. Hakam o'yin qoidasi buzilganini qayd etdi. Jezus Rodrigoni yiqitdi. 

Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda kuzatib borish mumkin. KANALGA O'TISH 

22. Xavfli vaziyat!!!!! Azar Laportni aldadi va chap oyoqda zarba yo'lladi, Ederson qutqardi.

21. Zarba! Karim Benzemaning ajoyib zarbasidan keyin Ederson seyv ko'rsatdi. 

20. Modrich orqaroqqa o'tishga, himoyaga yordam berishga majbur bo'lyapti, bu "shaharliklar" pressingidan xalos bo'lish uchun ayni muddao. 

19. Sterling ichkariga kirib bordi va yiqildi, yo'q, hech qanday o'yin qoidasi buzilmadi. 

17. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 48% - 52%

15. Uuuuxx! Sterlingdan zarba! To'p rikoshet orqali darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. 

14. Sterling raqibni itarib yubordi, u Eder Militaoni yiqitdi. 

12. Uuuuxx! Foden va Gyundogandan zarba! "Real" qiyinchilik bilan to'pni qaytirishga erishdi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sterling hisobni ochdi - 1:0! Varanning qpol xatosidan keyin Jezus to'pni olib qo'ydi va Sterlingga pas berdi, u esa yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol etishda qiyinchilikka duch kelmadi. 

7. Zarba! Kevin de Bryuyyunening kuchli zarbasi rikoshetdan so'ng, maydonni tark etdi. 

5. Karim Benzema jamoadoshining uzatmasidan keyin to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

3. "Siti" pressing qilishda davom etmoqda. 

2. "Real" futbolchilari bugun yangi mavsum uchun mo'ljallangan pushti rangdagi libosda harakatlanishmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

- Koronavirus qurbonlar xotirasiga sukut saqlandi. 

- CHempionlar Ligasi madhiyasi tinglandi. 

Diqqat qiling. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda! 

O'yin oldi suratlar

Tarkiblar elon qilindi

O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

- Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda "Manchester Siti" "Real"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. "Real" chorak finalga chiqishi uchun raqibni 2 ta to'p farqi bilan yutishiga to'g'ri keladi yoki 3:2 hisobi ham Mmadridliklarni qoniqtiradi, bu holatlarga esa "shaharliklar" keskin qarshilik ko'rsatishlari aniq. Xullas, bugun bizni katta jang kutmoqda! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Manchester Siti" va "Real Madrid" 1/4 final yo'lida o'zaro kurash olib borishadi. Katta futbol oqshomida sizga yoqimli tomosha tilagan holda bugungi to'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Yangilash

BestMaster
8 Avgust 2020, 00:45
live , echl, manchester, siti, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads