Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan Gvardiolaga qarshi. Ramossiz «Real» va Aguerosiz «Siti» o'yini haqida

Madridning «Real» klubi 7 avgust, juma oqshomida Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Manchester Siti» maydoniga safar qiladi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi 7 avgust, juma oqshomida Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida «Manchester Siti» maydoniga safar qiladi.

«Manchester Siti» Angliya Premer Ligasida (yomon natija bo'lmagan) ikkinchi o'rinni egalladi, Liga Kubogini qo'lga kiritdi, biroq Chempionlar Ligasi «shaharliklar» uchun hamon armon bo'lib qolmoqda. Madridliklar esa 3 yillik tanaffusdan so'ng yana La Ligada g'alaba qozondi va qaysidir ma'noda 2019/20 yilgi mavsum uchun qo'yilgan minimum vazifani bajardi. Axir kimsan Messisi bor «Barselona» ortda qoldirildi. Ammo Zidanning «Real»i  Chempionlar Ligasiga hech qachon oddiy o'yinga bo'lgani kabi qaramagan. Shundan ekan, maydonda ayovsiz kurash borishiga hech qanday shubha yo'q.

Jamoalarning ilk uchrashuvi

26 fevral sanasida «Real» «Santyago Bernabeu»da «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Uchrashuvning dastlabki bo'limi xavfli vaziyatlarga boy, biroq golsiz o'tadi. Asosiy voqealar esa tanaffusdan so'ng, ya'ni ikkinchi 45 daqiqalikda sodir bo'ladi. Dastlab 60-daqiqada Isko hisobni ochgan bo'lsa, oradan 20 daqiqa o'tar-o'tmas «Siti» oradagi farqni yo'qqa chiqaradi. 83-daqiqaga kelib esa de Bryuyne 11 penaltini zarbasini aniq amalga oshirib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'yadi.

Uchrashuvdagi gollardan-da esda qolarli vaziyat 86-daqiqada «qirollik klubi» sardori Serxio Ramosning maydondan chetlatilgani bo'ldi. Shunday ekan Ramos Manchesterdagi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

O'yinga oid muhim jihatlar

«Real» keyingi bosqichga o'tish uchun «Etihad»da kamida ikkita gol urishi kerak. «Manchester Siti» Madridda nafaqat g'alaba qozondi, balki ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, o'z uchun yaxshigina ustunlik yaratib olishga muvaffaq bo'ldi. Shu jihatlarni hisobga olib, Gvardiolaning o'yinni «quritishini» taxmin qilish to'g'ri bo'lmaydi, boisi: birinchidan, bu umuman Pepning uslubiga to'g'ri kelmaydi, ikkinchidan, jamoaning himoya chizig'i va darvozaboni ham ko'krak kerib maqtanishga imkon bermaydi.

«Real» Zidan boshqaruvida Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlarida faqatgina bir marta mag'lubiyatga uchragandi (2016 yilgi mavsumda «Volfsburg»ga qarshi chorak final o'yinida). Chempionlar Ligasi pley-offining boshqa barcha o'yinlarida Zidan jamoasi hech qachon birinchi uchrashuvda yutqazmagan edi.

Yo'qotishlar: Ramossiz «Real» va Aguerosiz «Siti»

«Real»ning asosiy yo'qotishi, shubhasiz, Serxio Ramos. Serxio birinchi o'yinda jamoasini ehtimoliy uchinchi goldan qutqarib qolgani uchun o'yindan chetlatilgandi. Ramos o'yinda qatnasha olmasa ham, sardor sifatida jamoa bilan Manchesterga tashrif buyurdi. Shuningdek, Mariano Dias koronavirusdan tuzalgan bo'lsa-da, o'yin qaydnomasidan o'rin olmagan. Bundan tashqari, Marseloning maydonga tushishi ham so'roq ostida turibdi. Ammo braziliyalik futbolchi Garet Beyl va Xames Rodrigesdan farqli o'laroq, o'yin qaydnomasiga kiritilgan. Uelslik va kolumbiyalik Zidan bilan hamon til topisha olgani yo'q. Katta ehtimol bilan har ikkalasi ham yozda jamoani tark etadi.

«Manchester Siti» ham 1/8 final javob o'yini oldidan yo'qotishlarga ega: Benjamen Mendi diskvalifikatsiyasi tufayli jamoaga yordam berolmasa, tizzasidagi jarohat Serxio Agueroning o'ynashiga xalaqit beradi. Pep so'nggi ikki o'yinda Mendining o'rniga Joau Kanseluni chap qanot sinab ko'rdi. Aguero esa 22 iyundan beri maydon tashqarisida «sayr qilmoqda».

Ikkala jamoa o'rtasidagi jami to'qnashuvlar statistikasi

— 7 ta uchrashuv
— «Real»da — 3 ta g'alaba
— «Manchester Siti»da — 2 ta g'alaba
— 2ta durang
— «Real» — 11 ta gol urgan
— «Manchester Siti» — 10 ta gol urgan
— «Real»ning eng yirik g'alabasi — 4:1
— «Manchester Siti»ning eng yirik g'alabasi: 4:1
— Eng sermahsul o'yinlar: 4:1, 2:3 («Siti»); 4:1, 3:2 («Real»)
— Eng sermahsul durang: 1:1

Taxminiy tarkiblar:

«Manchester Siti»: Ederson — Kayl Uoker, Aymerik Lyaport, Fernandino, Joau Kanselu — Ilkay Gundog'an, Rodri Ernandes, Kevin de Bryuyne — Riyad Mahrez, Gabi Jezus, Rahim Sterling

«Real»: Tibo Kurtua — Dani Karvaxal, Rafael Varan, Eder Militao, Ferlan Mendi — Toni Kroos, Karlos Kazemiro, Luka Modrich — Eden Azar, Karim Benzema, Vinisius Junior.

BestMaster
7 Avgust 2020, 16:30
zidan, gvardiolaga, qarshi, ramossiz, «real», aguerosiz, «siti», oyini, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads