Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayr Afsona! Kasilyas faoliyatidagi eng muhim voqealar (top 10)

Stadion.uz yaqindagina qo'lqoplarini mixga ilgan Iker bilan xayrlashadi va uning faoliyati davomida yuz bergan 10 ta eng yorqin daqiqalarni yodga oladi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz yaqindagina qo'lqoplarini mixga ilgan Iker bilan xayrlashadi va uning faoliyati davomida yuz bergan 10 ta eng yorqin daqiqalarni yodga oladi.

Aslida, ispaniyalik darvozabonning futboldan ketishi hech kimni hayron qoldirgani yo'q. Sababi, u bir yil avvalroq katta futbolga qayta olmasligi ma'lum bo'lgan edi. Undagi yurak huruji sababli Iker 15 oy davomida futboldan uzoqda bo'lishga majbur bo'ldi. Oqibatda, kuni kecha muxlislar endi Ikerning abadiy maydonga qaytmas ekanligidan xabar topishdi.

“Asosiysi sen etib borgan manzil emas, muhimi qaysi yo'ldan yurib manzilga etib borish. Gap shundaki, har qanday yo'l mashaqqat va mehnat evaziga bosib o'tiladi. O'yilab o'tirmay shuni ma'lum qilishim mumkin-ki, men bosib o'tgan yo'l va etib kelgan manzilimga faqat havas qilish mumkin.”

 

Uning yil mobaynida birorta o'yinda maydonga tushmaganiga qaramay, “Portu” klubi Ikerga ham Portugaliya chempionligini anglatuvchi oltin medallarni taqdim etdi. Uni tez orada Madrid klubida ish boshlashi haqidagi ma'lumotlar urchib bormoqda, lekin bugun biz boshqa mavzu haqida suhbatlashmoqchimiz. Stadion.uz Kasilyas ijrosidagi eng unutilmas lahzalarni yodingizga soladi.

Madrid kelish

Bunga ishonish mushkul, biroq Iker 1990-yilda “Real” safiga kelib qo'shiladi. O'sha paytda, qahramonimiz endigina 9 yoshni qarshi olgan bolakay edi. Yosh Iker ko'riklardan muvaffaqiyatli o'tgach, 1990/91-yilgi mavsumni “Real” akademiyasida boshlaydi. Uning Madriddagi ilk murabbiyi – Antonio Meskiti undagi iqtidorni darrov ilg'aydi. Bundan 30 yil ilgari, Iker “Real” bilan kelajagini abadiy bog'laydi va 8 yil mobaynida deyarli barcha yosh toifasidagi jamoalar darvozasini himoya qiladi.

Uning katta futbolga kirib kelishi 1999-yilning 12-sentyabr oyiga to'g'ri keladi. O'sha paytdagi “qaymoqranglilar”ning asosiy darvozaboni Bodo Ilgner jarohati olgach, Jon Toshak yosh Ikerni “Atletik Bilbao”ga qarshi o'yinda maydonga tushiradi. O'sha damda Kasilyas 18 (155 kun) yoshni qarshi olgan yigitcha edi. “San Mames”da bo'lib o'tgan o'yinda 2:2 natijasi qayd etiladi. Ikerga ilk bor gol urgan futbolchi Xuleno Gerrero bo'ldi. O'sha uchrashuvdan so'ng, Iker “Real” safida eng yosh debyut qilgan darvozabon sifatida tarixda qoldi. Bu rekord hali-hamon unga tegishli.

Ilk EChL

Professional futboldagi debyut o'yinidan 8 oy o'tib, Kasilyas EChL final uchrashuvida “Real” darvozasini qo'riqlaydi. 1999/00-yilgi mavsumda Ilgner asosiy tarkibga qayta olmaydi. Sababi, yosh ispan uning o'rnini mutloq egallab bo'lgan edi. “Valensiya”ga qarshi uchrashuvni ham Iker asosiy darvozabon sifatida boshladi va o'sha o'yin Madrid klubining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu EChL sovrini “Real” uchun sakkizinchisi bo'lgan bo'lsa, Iker uchun ilk sovringa aylandi. Parijda bo'lib o'tgan final Ikerning tug'ilgan kunidan 4 kun o'tib boshlangani bois, u hali-hamon ushbu musobaqa finalida harakat qilgan eng yosh kipper bo'lib qolmoqda.

Ilk “La Liga” sovrini

Ilk EChLni 19 yoshida qo'lga kiritgan yosh Iker oradan bir mavsum o'tib Ispaniyada ham tengsizga aylandi. 2000/01-yilgi mavsumda “Real” 28-bor Ispaniyaning eng kuchli klubiga aylandi. Kasilyas ilk bor milliy chempionatda g'alaba qozondi va mavsum davomida 34 ta o'yinda jamoasi sharafini himoya qildi. O'sha mavsumdan so'ng, Iker o'z faoliyatidagi ilk shaxsiy sovrin – “Bravo ”ga ega chiqdi. Bu o'sha davrda Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun (21 yoshga qadar) topshirilgan sovrin bo'lib, unda Iker hamma ta'qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan.

Iker vs Sesar

Ikki mavsum davomida yuqori darajadagi o'yin namoyish etgach, Iker biroz “yulduzlik” kasaliga uchraydi. O'ziga bo'lgan talabchanlikni biroz bo'shashtirgan Ikerni Vicente Del Boske zaxiraga olodi va 2001/02-mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida Sesar Sanchesni tanlaydi.

Bir qarashda, Ikerning faoliyati pasga qulab ketishi kerak edi, biroq Sesar o'zi bilmagan holda yosh darvozabonni klub faxriga aylantiradi. Glazgo shahridagi “Bayer”ga qarshi EChL final uchrashuvi barchaning yodiga kelgan bo'lsa kerak. 2002-yilning 15-may sanasida bo'lib o'tgan o'yinda Sanches jarohat oladi va hisob 2:1 bo'lib turgan paytda o'z o'rnini Iker Kasilyasga bo'shatib beradi.

Iker birinchi navbatda aslida kim birinchi raqamli darvozabon ekanligini ko'rsatib qo'yish uchun maydonga tushdi va darrov ishga kirishib ketdi.Uchrashuv so'ngiga qadar 3 ta ajoyib seyvni ijro etgan Iker “Real”dagi o'z o'rnini sovrin bilan qaytarib olishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu qahramonlikdan so'ng, Iker o'zidagi “yulduzlik” kasalini engib o'tdi.

Faoliyatidagi eng yaxshi o'yini

Bu Ikerning shaxsiy tanlovi. Futbolchining fikricha, u ishtirok etgan eng yaxshi uchrashuv 2007/08-yilgi mavsumda “Atletik” bilan o'yinga to'g'ri keladi. Ispaniya chempionatining 34-turida bo'lib o'tgan o'yinda Iker 12 ta seyv ijro etadi. Hatto penaltini ham bartaraf etadi.

Italiyaga qarshi penaltilar seriyasi

“Evro 2008” musobqasiga Ispaniya abadiy omadsiz unvoni bilan tashrif buyuradi. Doimo pley-offlarda musobaqani tark etishiga ko'nikib qolganimiz sal bo'lsa Italiyaga qarshi o'yinda o'z an'nasiga sodiq qolishi mumkin edi. O'yinning asosiy vaqti 0:0 bilan yakunlangach, o'yin penaltilar seriyasiga ko'chirildi. Iker De Rossi va Di Natalialarning zarbasini qaytaradi va Ispaniya Italiyani uyiga jo'natib yuboradi. Musobaqadan so'ng, Marca nashri “ o'sha uchrashuv Ispaniyaga yopishtirilgan “omadsiz” unvonini olib tashlagan edi”,- deb yozgan edi.

Kelasi Evropa chempionati

Tan olish lozim, Ispaniyaning “oltin davri” Ikerning eng kuchga to'lgan paytiga to'g'ri keldi. Ilk Evropa chempionligini qo'lga kiritgan paytda, Iker 27 yoshda edi. Keyingisini 31 yoshida boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'ladi. 2012-yilda bo'lib o'tgan musobaqadan so'ng, Iker Bekkenbauer va Deshamlar singari barcha musobaqada g'olib chiqqan sardorga aylandi.

JCh g'olibligi

To'g'ri, Evropa chempionligi ulkan natija, biroq Ispaniya 1964-yilda bu tryukni namoyish etgan edi. JCh g'olibligi esa, bu yurt futbolidagi ilk ulkan g'alaba sifatida tarixga kirdi. Ayniqsa, Robbenning yakama-yakka vaziyadagi zarbasi bartaraf etgan, Iker o'yindan so'ng hissiyotlariga erk berib yubordi.

“Men yig'layapman. Nimaga deysizmi? Ahir, yoshligimdagi eng shirin orzularimdan biri ro'yobga chiqdi. Ispaniya endi Jahon chempioni!”

“Real”dagi “Desima”

“Qirollik klubi” 12 yil davomida 10-bor EChL sovrinini qo'lga kiritishni kutishiga to'g'ri keldi. 2014-yilning 24-may sanasida taqdir Madrid klubiga o'sha kutilgan “desima”ni taqdim etdi. O'yinning asosiy vaqtida Godinning goli yagonaligicha qoldi, biroq qo'shib berilgan daqiqada Ramos Ikerning hatosini boshi bilan yopib yuboradi. Qo'shimcha bo'limlarda Anchelotti shogirdlari “matraschilar”ni dog'da qoldirgach, Iker boshi uzra so'nggi bor EChL sovrinini ko'taradi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi va so'nggi ulkan sovrin bo'lib qoldi.

“Poru”dagi ajoyib kunlar

To'g'ri, Iker Zidanning oltin davrida “Real” bilan bo'lmadi, biroq Portugaliyada shirin xotiralar qoldirdi. Kasilyas “ajdarlar” sharafini 156 ta o'yinda himoya qilgan bo'lib, o'z darvozasidan 119 ta gol olib chiqadi. Asosiysi statistikada emas. Eng muhimi shundaki, uni endi Portugaliyaliklar ham o'zimizniki deb hisoblashida.

BestMaster
7 Avgust 2020, 02:30
afsona!, kasilyas, faoliyatidagi, muhim, voqealar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads