Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Beyl o'ynamaslikka qaror qildi»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Manchester Siti»ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Garet Beyl haqidagi savollarga javob berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Manchester Siti»ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Garet Beyl haqidagi savollarga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi «shaharliklar»ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilmadi.

– Beyl nima uchun qaydnomaga kiritilmadi?
– Bu haqda ko'p gapirildi. U bilan o'rtamizda o'zaro hurmat mavjud. U bilan shaxsan gaplashdim. Faqatgina shuni aytishim mumkinki, u "Siti"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Qolgani — sir.

– Beylning yo'qligi faqat shaxsiy sabablar bilan bog'liqmi?
– Ha, lekin men sizga boshqa hech narsa aytmoqchi emasman.

– Beyl hafsangizni pir qildimi?
– Yo'q, unday emas. Bu Beyl haqidagi uchinchi savol. Men uni hurmat qilaman. Bunday narsalar kiyinish xonasidan tashqariga chiqmasligi kerak.

– Zidan «Real»ni boshqarar ekan, Beylning klubda kelajagi bormi?
– Bilmadim, lekin u «Real» o'yinchisi. Men uni hurmat qilaman. U o'ynamaslikka qaror qildi. Siz aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa shu. Biz e'tiborimizni ertangi o'yinga qaratganmiz.

BestMaster
7 Avgust 2020, 01:00
zidan, «beyl, oynamaslikka, qaror, qildi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads