Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Yuventus» Sarrining o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 5 murabbiy bilan aloqaga chiqdi

«Yuventus» yangi murabbiy ilinjida 5 mutaxassis bilan aloqaga chiqdi.

.
- Yuklab olish

«Yuventus» yangi murabbiy ilinjida 5 mutaxassis bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, agar turinliklar Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'ta olishmasa, jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri iste'foga chiqarilishi mumkin. «Yuventus» ushbu bosqichda «Lion» bilan to'qnash keladi. "Keksa sinora" Frantsiyada bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

"Yuve" uchun eng asosiy maqsad «Real» ustozi Zayniddin Zidan hisoblanadi. Jamoa rahbariyati u bilan nafaqat aloqaga chiqdi, balki klubning rivojlanish strategiyasi bilan ham tanishtirdi. Reja doirasida «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba ortga qaytarilishi kerak. Ammo Zidan ushbu taklifga rad javobini berdi.

Shuningdek, «Yuventus» Maurisio Pochettino, Simone Indzagi («Latsio»), Luchano Spalletti va Janpero Gasperini («Atalanta») bilan aloqaga chiqdi.

Sarri 2019 yilning yozida «keksa sinora» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 2019/20 yilgi mavsumda «Yuventus» Italiya chempioniga aylandi va Italiya kubogi finaligacha etib kelib, unda «Napoli»ga penaltilar seriyasida yutqazdi.

BestMaster
5 Avgust 2020, 06:30
«yuventus», sarrining, ornini, egallashi, mumkin, bolgan, murabbiy, bilan, aloqaga, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads