Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Iker Kasilyas: «Men bosib o'tgan yo'l va uning manzili haqida faqat orzu qilish mumkin»

«Real» va «Portu» klublari sobiq darvozaboni Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

.
- Yuklab olish

«Real» va «Portu» klublari sobiq darvozaboni Iker Kasilyas futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

«Bosib o'tgan yo'ling va seni atrofingdagi odamlar muhim, uning yakuniy manzili emas. Chunki yo'l mehnat va mashaqqatlar bilan bosib o'tiladi. Hech qanday shubhasiz shuni ayta olaman, men bosib o'tgan yo'l va uning manzili haqida faqat orzu qilish mumkin», — deya yozadi Kasilyas.

39 yoshli darvozabon «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U madridliklar klubida 510 ta o'yin o'tkazgan va 2015 yilda u erni tark etgan.

Iker «Real» bilan besh marta Ispaniya chempionatida, ikki mamlakat Kubogi va to'rt bor Ispaniya Superkubogida zafar quchgan. Kasilyas uch marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.

Ispaniya terma jamoasida 2010 yilda Jahon Chempionati oltin medallariga ega bo'lgan va ikki bor (2008 va 2012 yillar) Evropa chempionatida zafar quchgan.

Eslatib o'tamiz, darvozabon 2019 yilning mart oyida «Portu» mashg'ulotida yurak xurujini boshdan kechirdi. Iker futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlar qishda ham chiqqandi. Avvalroq Kasilyas «Real» prezidentiga maslahatchi bo'lishi xabar qilingandi.

BestMaster
4 Avgust 2020, 21:00
kasilyas, «men, bosib, otgan, uning, manzili, haqida, faqat, orzu, qilish, mumkin»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads