Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. «Man Siti» «Real» tor-mor etdi

International Champions Cup musobaqasi doirasida «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari o'rtasidagi o'yin yakungiga etdi.

.
- Yuklab olish

International Champions Cup musobaqasi doirasida «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari o'rtasidagi o'yin yakungiga etdi. Kutilmaganda, EChLning amaldagi g'olibi Gvardiola jamoasiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo'limda har ikkala jamoa asosiy tarkib bilan harakat qildi. Tengma-ket kechgan bahsning tanaffusiga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda esa manchesterliklar to'la ustunlikka erishishdi. Ayniqsa, "shaharliklar" standart vaziyatlardan samarali foydalanishdi. Dastlab burchakdan etkazilgan uzatmaga Stounz bosh bilan zarba berdi. "Real" darvozaboni to'pni ushlab qola olmadi va Otamendi bo'sh darvozani osonlik bilan ishg'ol qildi.

Oradan ko'p o'tmasdan Kevin de Bryuynening uzatmasidan keyin Sterling birga bir vaziyatga chiqib ketdi hamda Kasilyani dog'da qoldirdi. Shundan keyin Zidan yoshlarga e'tibor qarata boshladi, Gvardiola ham boshqa futbolchilarga o'ynash imkoniyatini berdi.

Shunga qaramay, to'p nazorati "Siti" tomonida bo'ldi va navbatdagi burchak to'pidan so'ng Stounz "Madrid" darvozasini ishg'ol qildi. Bahs tugashiga 9 daqiqa qolganida "Manchester Siti" chiroyli kombinatsiya tashkil qildi va Ibrohim Dias jarima maydonchasi tashqarisidan Messi uslubida gol urdi.

O'yinning so'nggi daqiqasida "Real" futbolchisi Oskar 35 metrlardan juda chiroyli zarba bilan jamoasini xunuk mag'lubiyatdan biroz bo'lsa-da saqlagandek bo'ldi.

International Champions Cup
MANChESTER SITI Angliya – REAL MADRID Ispaniya 4:1 (0:0, 4:1)
27 iyul, 08.35, «Los Angeles Memorial Coliseum»
Gollar: 1:0 – 52 Otamendi, 2:0 – 59 Sterling, 3:0 – 67 Stounz, 4:0 – 82 Braim Dias, 4:1 – 90 Oskar Rodriges.
Manchester Siti – Ederson (Grimshou, 80), Uoker (Dyueyni, 70), Kompani (Mangalya, 46), Stounz, Danilo (Sane, 80), de Bryuyne (Zinchenko, 69), Ture (Roberts, 80), Foden (Nasri, 46), Otamendi (Adarabioyo, 80), Gabriel Jezus (Braim Dias, 69), Aguero (Sterling, 46).
Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Valexo, 62), Nacho (Asensio, 62), Marselo (Xakimi, 62), Karvaxal (Texero, 63), Kazemiro (Teo, 62), Modrich (Oskar Rodriges, 62), Isko (Sebalos, 62), Kovachich (Vaskes, 62), Beyl (Markos Lorente, 61), Benzema (Mayoral, 62).
Ogohlantirishlar: Ture (29), Nacho (33), Karvaxal (41), Nasri (88).

BestMaster
27 Iyul 2017, 10:40
international, champions, «man, siti», «real», tor-mor, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 xames_man_utd  
2tarkibni yutbdiku
27 Iyul 2017, 11:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads