Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Militao: "Man Siti" darvozasiga g'alaba to'pini qanday kiritishimni tasavvur qilyapman"

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eder Militao ECHL 1/8 final bosqichi doirasida o'tkaziladigan "Manchester Siti"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi (birinchi o'yin – 1:2).

.
- Yuklab olish

– "Man Siti"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaysiz. Bu haqda nima deya olasiz?

– Bu juda hayajonli. Men uchun takrorlanmas lahzalar. Ramos maydonda bo'lmaydi, shuning uchun maydonda bor kuchimni sarflashim kerak.

– "SHaharliklar"ning eng xavfli o'yinchisi kim deb hisoblaysiz?

– Ularning barchasi yaxshi... Gabriel Jezusni alohida takidlagan bo'lardim.

– Siz "qirollik klubi" libosida ancha o'ynadingiz, ammo hamon "Real" uchun gol urmagansiz. Klubdagi birinchi golingizni qanday tasavvur qilasiz?

– Manchesterda gol uraman deb tasavur qilaman. G'alaba to'pini boshim bilan kiritmoqchiman. Imkonsiz ishning o'zi yo'q, shuning uchun ilk golimni shunday tasavvur qilyapman. 

– Uchrashuv oldidan "Real" muxlislariga nima demoqchisiz?

– Madridistlar, sardorimiz "Siti"ga qarshi o'ynamaydi, ammo men maydonda bo'laman. Yaxshi o'yin o'tkazaman, menga ishoning. Biz g'alaba qozonamiz!, – dedi braziliyalik himoyachi.

Malumot uchun, "Real" va "Manchester Siti" klublari o'rtasidagi uchrashuv 7 avgustdan 8 avgustga o'tar kechasi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

BestMaster
2 Avgust 2020, 22:45
militao, siti, darvozasiga, galaba, topini, qanday, kiritishimni, tasavvur, qilyapman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 dowran  
Omad real insholloh yutamiz
4 Avgust 2020, 12:25
 намдим  
albata yutamiz
5 Avgust 2020, 20:03
 намдим  
albata real yutadi
5 Avgust 2020, 20:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads