Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Franko Barezi: Dunyoning ayni damdagi eng yaxshi himoyachilari — Serxio Ramos va Virjil van Deyk

Italiya terma jamoasi safida 1982 yilgi mundial g'olibi Franko Barezi dunyoning ayni damdagi eng yaxshi himoyachilari haqida gapirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Italiya terma jamoasi safida 1982 yilgi mundial g'olibi Franko Barezi dunyoning ayni damdagi eng yaxshi himoyachilari haqida gapirib o'tdi.

«Aynan bittasini tanlash oson emas. O'ylashimcha, so'nggi bir necha yil ichida Serxio Ramos sovrinlari va ajoyib o'yinlari bilan eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib turibdi. U yosh bo'lmasa ham, «Real» uchun juda muhim o'yinchi hisoblanadi.

Keyin esa van Deykni aytgan bo'lardim, u «Liverpul»ning asosiy o'yinchilaridan biri. U jamoaga ko'p narsa bera oldi va shuncha yillardan keyin g'alaba ishonchini qaytardi», — deydi Barezi.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli Ramos Ispaniya La Ligasining 2019/20-mavsumida 35 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Virjil van Deyk esa Angliya Premer Liganing 38 uchrashuvida maydonga tushib, o'z nomiga 5 ta gol va 1 assist yozdirib qo'ydi.

Qayd etish joiz, har ikkala futbolchi o'z jamoasi bilan mamlakat chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

BestMaster
2 Avgust 2020, 00:00
franko, barezi, dunyoning, ayni, damdagi, yaxshi, himoyachilari, serxio, ramos, virjil, deyk,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Ха туғири
2 Avgust 2020, 00:24
 намдим  
aniq
5 Avgust 2020, 20:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads