Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ular himoyachimi yoki hujumchi? To'purar himoyachilar (top 5)

.
- Yuklab olish

Roberto Karlos futbolchilik faoliayti davomida ko'plab shedevr gollarga (118) mualliflik qilgan. U ijrosidagi jarima zarbalari allaqachon FIFA va UEFAning oltin kollektsiyasidan o'rin olib bo'lgan desak, adashmagan bo'lamiz. Xo'sh, aslida futbol tarixidagi eng ko'p gol kiritgan himoyachi kim? Bugun ushbu savolga Stadion.uz qisqacha javob beradi.

Serhio Ramos

“El-Kapitano” uchun bu mavsum juda omadli keldi. “Real”da etakchiligini qo'liga olgan Ramos o'zining 124-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tan olish lozim, restartdan so'ng, Serhio tom ma'noda jamoaning yuragiga aylandi. U kiritgan gollar esa, yakunda “Barselona”ni quvib o'tish imkonini yaratdi. Ko'plab futbol mutaxassislari uni “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar deb atashayotgan edi, biroq “FranceFootball” so'rovnomadan voz kechdi. Shunday bo'lsada, Ramos ayni damdagi sayyoramizning eng kuchli markaziy himoyachi bo'lib turibdi.

Loran Blan

Blan futbolchilik faoliyatini tayanch yarim himoyachisi sifatida boshlagan bo'lsada, unga mashhurlikni aynan mudofadagi o'yini olib keldi.

Faoliyati davomida 161 bor raqib darvozalarini ishg'ol qilgan Loran nafaqat himoyada, balki hujumda ham jamoasi uchun ko'mak berishga intilar edi.

Frantsiya terma jamoasi safida ham ajoyib o'yinlar o'tkazgan himoyachi sovuqqonligi va maydonni yaxshi ko'ra olgani uchun ham boshqalardan ajralib turar edi. Keyinchalik murabbiylik faoliyatini boshlagan Blan ayni damda futboldan dam olmoqda.

Fernando Yerro

Yerro ham aslida tayanch yarim himoyachisi bo'lsada, asosan markaziy himoyada ter to'kishga majbur bo'lar edi.

Shunga qaramay,qahramonimiz faoliyati davomida 163 bor gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Uning markazdagi ishonchli o'yini sababli o'z vaqtida “Real” Evropa Chempionlar Ligasida zafar quchgan, Yerro esa sardor sifatida sheriklarini maydonga olib tushgan edi. E'tiborlisi shundaki, Yerro boshqalardan farqli o'laroq deyarli barcha golini “Real” safida kiritgan. Bu uning o'z zamonasining eng ilg'or himoyachilaridan biri bo'lganidan dalolat.

Daniel Passarella

Bu himoyachini bugungi avlod muxlislari tanamasa kerak. Asosan 70-90-yillar oralig'ida faoliyat olib borgan argentinalik himoyachini faoliyati davomida naqd 175 bor raqib darvozabonlarini ranjitishga muvaffaq bo'lgan.

O'z faoliyatini “River Pleyt”da boshlagan Daniel ikkinchi qavatdagi kurashlarda benazir bo'lib, bosh bilan 100 ta gol kirita olgan kam sonli futbolchilar qatorida yodga olinadi. Vaholanki, uning bo'yi atigi 173 sm bo'lgan holos. Bu ko'rsatgich uning intiluvchanligi sababli gol kiritish uchun to'siq bo'la olmagan.

Faoliyati davomida “Inter” va “Fiorentina” singari grandlarda to'p tepgan Passarellani Argentina tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb hisoblashadi.

Ronald Kuman

Butun faoliyati davomida 252 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan Ronald Kuman bilan hujumchilar ham statistikada bahslasha olmaydi. Golland himoyachi bo'lishiga qaramay, har bir o'yinda o'rtacha 0,33 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Uning “Barselona” safida “Sampdoria” darvozasiga yo'llagan qahshatqich zarbasini hali-hamon muxlislar unutganicha yo'q.

Kuman asosan uzoq masofadan yo'llangan zarbalar orqali gollar kiritgan. Bugungi kunda u singari istalgan masofadan darvozani ishg'ol qilishga qodir himoyachilarni topishning deyarli iloji yo'q.

BestMaster
29 Iyul 2020, 21:30
himoyachimi, yoki, hujumchi?, topurar, himoyachilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
30 Iyul 2020, 01:57
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads