Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qizil kartochka olmagan yulduzlar

Andreas Inesta o'z faoliyati davomida biror marotaba qizil kartochkaga loyiq ko'rilmaganidan xabaringiz bor. Vaholanki Ronaldu (11), Messi (2) va Neymar (8) singari zamonamizning oldi yulduzlari bunday ko'rsatgich bilan maqtana olmaydi. Xo'sh, yana qaysi futbolchilar mashhurlik cho'qqisiga chiqsada faoliyatini qizil kartochkasiz davom ettirgan? Bugun ushbu savolga qisqacha javob izlagan bo'lamiz.

.
- Yuklab olish

Andreas Inesta o'z faoliyati davomida biror marotaba qizil kartochkaga loyiq ko'rilmaganidan xabaringiz bor. Vaholanki Ronaldu (11), Messi (2) va Neymar (8) singari zamonamizning oldi yulduzlari bunday ko'rsatgich bilan maqtana olmaydi. Xo'sh, yana qaysi futbolchilar mashhurlik cho'qqisiga chiqsada faoliyatini qizil kartochkasiz davom ettirgan? Bugun ushbu savolga qisqacha javob izlagan bo'lamiz.

Mishel Platini

Frantsiya futboli tarixidagi eng kuchli hujumchi va futbol olamining tirik afsonasi Platini bugungi ro'yxatimizni ochib beradi.

Faoliyati davomida 3 bor “oltin to'p”ni qo'lga kiritgan qahramonimiz “Nant”, “Sent-Eten” va “Yuventus” klublarining faxri sanaladi.

E'tiborlisi shundaki, Mishel 17 yil davom etgan futbolchilik faoliyati chog'ida biror marotaba qizil kartochkaga loyiq ko'rilmagan.

Damen Daff

Irlandiya futbolining yorqin namoyondosi 19 yil davomida professional futbol bilan shug'ullandi.

“Chelsi” va boshqa ingliz klublarida to'p tepgan Daff faoliyatini Avstraliyaning “Melburn” jamoasida yakunladi.

Hujumkor yarim himoyachi nafaqat klublar miqiyosida, balki terma jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarda ham biror marotaba qizil kartochka olmagan kam sonli futbolchilardan biri. Vaholanki, u Irlandiya terma jamoasi libosida yuzdan ortiq o'yinlarda maydong tushgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so'ng, Daff ayni damda Irlandiya terma jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Filipp Lam

Bugungi ro'yxatimizdagi yagona himoyachi. Faoliyatining 90 foizini qanot himoyachisi sifatida o'tkazgan Lam biror marotaba ham maydoni erta tark etmagan.

Bundesliganing shiddatini inobatga olsak, bu oson ish emas. Butun faoliyatini Germaniya klublarida o'tkazgn Lam 765 ta o'yinda maydonga tushdi va 22 ta sovrinni boshi uzra ko'tardi. Ular ichida JCh kubogi ham bor ekanligini kishini xursand etadi.

Lam uzoq muddat davomida dunyoning eng kuchli qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib bordi va 33 yoshida butsalarini mixga ilib yubordi. Unda boshqa klublardan takliflar bo'lishiga qaramay futboldan ketishga qaror qilgani hayratlanarli. Balki, karerasini qizil kartochkasiz yakunlashni istagandir?! Yana kim biladi deysiz?!

Mikael Laudrop

Daniyalik futbolchi uzoq davom etgan faoliyati davomida Ispaniya, Daniya, Yaponiya, Italiya va Gollandiya chempionatlarida to'p tepgan.

Bundan tashqari, 16 yoshidan boshlab Daniya terma jamoasidan muntazam chaqiruv ham olgan. Evropa chempionligini qo'lga kiritgan Mikael Daniya terma jamoasi libosida 104 ta o'yinda maydonga tushgan.

Keyinchalik o'zini murabbiylikda sinab ko'rgan Laudrop futbolchi sifatida 656 ta o'yin o'tkazgan bo'lsada, ularning birortasida hakamning qizil kartochkasini ko'rmagan.

Karim Benzema

Kelasi mavsum Karim uchun professional darajadagi 17-bo'ladi. Ortda qolgan 16 mavsum davomida Karim biror marotaba ham qizil kartochkaga loyiq ko'rilmagan.

Uning qiziqqon ekanligini inobatga olsak, bu juda ajablanarli holat.

U bugungi ro'yxatimizdagi yagona amaldagi futbolchi. Ayni damda, Karimning hisobida 700 ta o'yin va 28 ta sovrin mavjud.

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2 yildan so'ng o'z poyoniga etadi. Benzemaning fikricha, u o'z faoliyatini jonajon “Lion”da yakunlashi lozim. Shunday ekan, ushbu ro'yxatdagi afsonalar bilan birga yodga olinishi uchun ham Benzema kamida yana 3 ta mavsum qizil kartochkasiz futbol namoyish etishi talab etiladi.

BestMaster
29 Iyul 2020, 21:00
qizil, kartochka, olmagan, yulduzlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Қойил
29 Iyul 2020, 21:20
 u7777u  
Бу осон иш имас айниқса ҳимоячи учун
29 Iyul 2020, 21:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads