Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema qitmir savollarga javob berdi

«Real» hujumchisi Karim Benzema o'zining "YouTube"dagi kanali orqali muxlislar bilan suhbatda bir nechta qitmir savollarga javob berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Karim Benzema o'zining "YouTube"dagi kanali orqali muxlislar bilan suhbatda bir nechta qitmir savollarga javob berdi.

— Sen bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi?
— Bunga javob berish qiyin. Men Krishtianu, Kaka, Raul, Ramos bilan birga o'ynaganman. Ulardan birini tanlay olmayman.

— «Oltin to'p» haqida o'ylaysanmi?
— Albatta, doimo, yoshligimdan buyon. Lekin buning uchun har kuni kuyib-pishmayman.

— Sevimli 11 nafar futbolching?
— «Real» tarkibi.

— Jahonning eng kuchli 3 futbolchisi?
— Bilmadim, chunki futbol juda tez rivojlanmoqda. Butun mavsum davomida juda yaxshi o'ynab, yakunda jamoang bilan sovrin qo'lga kiritishing kerak.

— Chempionlar ligasidagi 4ta sovrinni Jahon chempionligiga almashtirgan bo'larmiding?
— Yo'q, hech qachon.

— Sen to'qnash kelgan eng yaxshi himoyachi?
— Ramos va Varan. Men ularga qarshi har bir mashg'ulotda o'ynayman.

— Kim bilan birga o'ynashni istarding?
— Ronaldo va Zidan.

— Jahonning eng kuchli 5 nafar dribling ustalari?
— Neymar. Shuni o'zi etarli, boshqasi kerakmas.

BestMaster
29 Iyul 2020, 14:30
benzema, qitmir, savollarga, javob, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши жавоб
30 Iyul 2020, 13:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads