Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bir mavsum davomida eng ko'p gol kiritgan markaziy himoyachilar (top 10)

Stadion.uzmavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan markaziy himoyachilar bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uzmavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan markaziy himoyachilar bilan tanishtirib o'tadi.

10-5. Martin Xinteregger. "Ayntraxt", 2019/20 – 8 gol

Martin Avstryaning “Red Bull” jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Mavsum boshida Bundesliganing “Aytraxt” jamoasi bilan shartnoma imzolagan himoyachi uchun mavsum omadli keladi. E'tiborlisi shundaki, uning gollari klubga musobaqa jadvaladi balandroq o'rinni egallashga ko'mak berdi.

10-5. Joleon Leskott. "Everton", 2007/08 – 8 gol

Uni futbol muxlislari asosan “Manchester Siti”dagi o'yinlari bilan eslab qolgan bo'lsada, Leskott o'zining eng sermahsul mavsumini “Everton”da o'tkazgan.

10-5. Rul Brauvers. "Borussiya" (M.), 2009/10 – 8 gol

Gollandiyalik himoyachi deyarli butun faoliyatini “Borussiya M” jamoasiga bag'ishlagan desak, adashmagan bo'lamiz. Ayniqsa, 2009/10-yilgi mavsum unga juda omadli keldi, biroq klub o'rtacha natija qayd etgani u kiritgan 8 ta golga hech kim e'tibor bermadi.

10-5. Salvatore Freze. "Bolonya", sezon 2001/02 – 8 golov

“Inter” uchun 100 ga yaqin o'yin o'tkazgan, Frezega “Bolonya” jamoasi omad olib keldi. Aynan shu klub tarkibida himoyachi bir mavsumda 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va “Yuventus”ga ravona bo'ldi.

10-5. Mauritsio Domitstsi. "Napoli", 2007/08 – 8 gol

“Latsio” klubvi tarbiyalanuvchi bo'lsada, uning futbolda omadi kelgan deb bo'lmaydi. “Milan” safiga borib qo'shilgan bo'lsada, birorta o'yinda maydonga tushmagan himoyachi “Napoli”da o'rtacha mavsum o'tkazdi. To'g'ri, u 8 ta gol kiritdi, biroq “Napoli” u davrlarda o'rtamiyona jamoa edi. Bechora, himoyachi hali-hamon butsalarini mixga ilgani yo'q. Bugungi kunda “Venetsiya” sharafini himoya qilmoqda.

10-5. Daniel Van Byuyten. "Marsel", 2002/03 – 8 gol

Aslida barcha himoyachini “Bavariya” libosida ko'rishga o'rganib qolgan, biroq Danielning ilk xorijdagi klubi "Marsel” jamoasi bo'lgan. Aynan shu klub safida qahramonimiz 2002/03-yilgi mavsumda o'zining eng sermahsuligini namoyish etgan.

4. Esekel Garay. "Rasing Santander", 2006/05 – 9 gol

Argentinadagi ajoyib mavsumdan so'ng, gol kirituvchi markaziy himoyachi bilan “Real” qiziqib qoladi. Oqibatda, Garay Madridga ko'chib keladi. Afsuski, himoyachi “qirollik klubi”da o'z o'rnini topa olmadi.

3. Marko Materatstsi. "Inter", 2006/07 – 10 gol

2006-yildagi JChdan so'ng, Marko Italiyada o'zini juda yaxshi his eta boshladi. Gap shundaki, kelishilgan o'yinlar sababli barcha grandlar katta talofat ko'rgan edi. Bu vaziyatdan “Inter” unumli foydalanadi. Shu jumladan Marko ham!

2. Serxio Ramos. "Real" Madrid, 2019/20 – 11 gol

“Real”ning chempionligi bilan yakunlangan "La Liga" o'yinlarida Ramos o'zini har tomondan ko'rsata oldi. Tan olish lozim, uning gollari jamoa g'alabasi uchun juda katta yordam berdi. Shu sababli, Ramosni futbol tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazgan markaziy himoyachi deb atashamiz mumkin. Shunday bo'lsada, fakt baribir faktligicha qoladi.

1. Marko Materatstsi. "Perudja", -2000/01 – 12 gol

Darhaqiqat, Marko bugungi ro'yxatimizda ikkinchi bor ko'rinish bermoqda. E'iborlisi shundaki, u sermahsullik bobida Serhio Ramosdan bitta golga oldinda. Materatstsining bir paytlar “Perudja” sharafini himoya qilgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilib ketgan. Yangi asr boshida Marko markaziy himoyachilar orasida birinchi bo'lib 12 ta gol kiritgan futbolchiga aylandi. Mana 20 yil o'tdi, biroq hech kim uning rekordini yangilay olgani yo'q.

BestMaster
28 Iyul 2020, 15:00
mavsum, davomida, kiritgan, markaziy, himoyachilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads