Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 22ta klub aniq bo'ldi

Evropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda.

.
- Yuklab olish

Evropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasining keyingi mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan bir nechta jamoalar aniq bo'ldi.

Frantsiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga etkazilmagan bo'lsa, Germaniya va Ispaniya chempionatni yakunlab qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Italiyada mavsum tugashiga 2 tur bo'lsa-da, bu mamlakatdan EChLda ishtirok etadigan 4 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurdi. Shuningdek, Angliyadan ikkita klub aniq bo'lgan.

Jami 26ta jamoaga bevosita EChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo'lga kiritgan jamoalar:

Angliya: Liverpul, Manchester Siti
Ispaniya: Real, Barselona, Sevilya, Atletiko Madrid
Germaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leyptsig, Borussiya M
Italiya: Yuventus, Inter, Atalanta, Latsio
Frantsiya: PSJ, Marsel, Renn (agar Evropa ligasi-2019/20 g'olibi o'z milliy chempionati orqali EChL yo'llanmasini qo'lga kiritsa)
Belgiya: Bryugge
Ukraina: Shaxtyor
Turkiya: Istanbul Bashekshehir
Portugaliya: Portu
Rossiya: Zenit, Lokomotiv
Niderlandiya: Ayaks (agar EChL-2019/20 g'olibi o'z milliy chempionati orqali Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa)

Kim qoldi?
Bugun Angliyada ikkita ishtirokchi aniq bo'ladi. Da'vogarlar 3ta: "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester".

Yana 2ta o'rin Chempionlar ligasi-2019/20 va Evropa ligasi-2019/20 g'oliblariga beriladi. EChLning joriy mavsumida o'z yurishini davom ettirayotgan "Napoli", "Lion" va "Chelsi" klublari o'z chempionatlari orqali turnirning kelgusi mavsumidagi ishtirokini kafolatlashmadi. Bu 3 klubdan biri EChLda g'olib chiqmasa, "Ayaks" guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Agar Evropa ligasida, milliy chempionat orqali EChLning keyingi mavsumida ishtirok etishi aniq bo'lgan klub g'alaba qozonsa (bunday klublar — "Inter", "Sevilya", "Shaxtyor" va "Istanbul"; "MYu" bunga yaqin turibdi), Frantsiyaning "Renn" klubi Chempionlar ligasini bevosita guruh bosqichidan boshlaydi.

BestMaster
26 Iyul 2020, 14:30
echl-2020/21, guruh, bosqichida, ishtirok, etadigan, 22ta, klub, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads