Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropaning top-4 chempionatlari ramziy jamoasi tuzildi

"FootballHD" veb-sayti Evropaning kuchli 4ta milliy chempionati — Ispaniya La ligasi, Angliya premer-ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya bundesligasining yakunlari bo'yicha yaxlit ramziy jamoa tuzib chiqdi.

.
- Yuklab olish

"FootballHD" veb-sayti Evropaning kuchli 4ta milliy chempionati — Ispaniya La ligasi, Angliya premer-ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya bundesligasining yakunlari bo'yicha yaxlit ramziy jamoa tuzib chiqdi. Frantsiya chempionati muddatidan avval yakunlangani uchun Liga-1 futbolchilari ushbu jamoaga kiritilmadi.

Ramziy jamoadan "Liverpul"dan 4 nafar, "Bavariya"dan esa 3 nafar o'yinchi kiritildi. Mavsumni yuqori saviyada o'tkazgan Serxio Ramos ("Real") ramziy jamoadan o'rin olmadi, uning o'rniga Rafae Varan tarkibga kiritildi.

Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga ham ushbu jamoadan joy tegmadi.

Evropaning top-4 chempionatlari 2019/2020 mavsumi ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Alisson Bekker («Liverpul»)

Himoyachilar (o'ngdan chapga): Yozua Kimmix («Bavariya»), Virjil Van Deyk («Liverpul»), Rafael Varan («Real» Madrid), Endryu Robertson («Liverpul»)

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson («Liverpul»), Kevin De Breyne («Manchester Siti»), Luis Alberto («Latsio»), Tomas Myuller («Bavariya»)

Hujumchilar: Yosip Ilichich («Atalanta»), Robert Levandovski («Bavariya»)

BestMaster
24 Iyul 2020, 23:30
evropaning, top-4, chempionatlari, ramziy, jamoasi, tuzildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Манга ёқмади
25 Iyul 2020, 11:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads