"Real" sardori Serxio Ramosning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois, madridliklar u bilan kelishuvni uzaytirishmoqchi.
"Daily Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, Ramos yangi shartnoma orqali 17 million evro maosh olishni istamoqda. Bu esa hozirgi shartnomasiga nisbatan 5 million evroga ko'p.
"Real" prezidenti Florentino Peres esa aksincha, yangi shartnoma orqali futbolchining maoshini 10 million evro etib belgilamoqchi.
Yakunda tomonlar qanday qarorga kelishadi, buni vaqt ko'rsatadi.