Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Yangi Ronaldu”lar hozir qaerda?

forvord katta futbolda o'z o'rnini topdi, biroq “ikkinchi Ronaldu” bo'lishni uddalay olmadi.

.
- Yuklab olish

Portugaliya futbolining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etiluvchi Krishtianu Ronalduning faoliyatiga havas qilmaslikning iloji yo'q. Uning ajoyib tehnikasi va gollari doimo yosh futbolchilar uchun o'rnak bo'lgan desak, adashmagan bo'lamiz.Bejizga, Portugaliyadan chiqqan yosh va umidli futbolchilarga “yangi Ronaldu” unvoni berilmaydi. Ushbu yurtda barcha futbolchilar ushbu unvon chinakam sharaf. Afsuski, bu unvonni hozircha hech kim munosib oqlay olmadi. Stadion.uz “yangi Ronaldu” bo'lishi bashorat qilingan 5 ta futbolchi va ularning karerasi haqida batafsil ma'lumot berib o'tadi.

 

Rafael Lean – “Milan"

“Sporting” jamoasi uchun atigi bir gol kiritgan bo'lsada, ko'plab Evropa grandlari e'tiborini tortgan hujumchi kutilmaganda “Lill” bilan shartnoma imzoladi. To'g'ri, u Frantsiyada yaxshi mavsum o'tkazdi (24 ta uchrashuv – 8 ta gol), biroq o'z unvoniga bu raqamlar sira mos tushmadi.

Shunga qaramay, “Milan” Leanni sotib olishga qaror qildi. 2019-yilda Lean “rossoneri”lar bilan shartnoma imzoladi va Milanga ko'chib ketdi. Afsuski, Italiyada hujumchi 25 ta o'yinda atigi 5 ta gol kiritdi holos. Tan olish lozim, “Milan”ning tarkibi avvalgi darajasida emas. Boz ustiga, Rafael endigina 21 yoshga to'ldi. Unda Ronalduning izdoshi ekanligini isbotlash uchun etarlicha vaqt mavjud. Nima ham derdik, Portugaliya terma jamoasi uchun birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchining faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Bruma – PSV

“Sporting” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgani bois, Brumaning o'yin manerasi Ronalduniki eslatib yuborar edi. Qanotda chaqqon harakatlar bilan raqiblarni aldab o'tayotgan Brumaning yoshlar jamoasidagi o'yinlarini ko'rgan sharhlovchilar o'ylab o'tirmay “Ikkinchi Ronaldu” atamasini unga “yopishtirib” qo'yishdi. Qahramonimiz “Sporting”ning asosiy tarkibiga ko'chib o'tgach, atigi 13 ta o'yin o'tkazdi holos. Erta kelgan mashurlikni vinger ko'ta olmadi. Oqibatda, “Galatasaray”ga yo'l oldi. Turkiyadagi o'rtacha mavsumlardan so'ng, “Real Sosedad” uni sotib olishga qaror qildi. 2017-yilda “RB Leyptsig” yangi loyihaga qo'l urish maqsadida Brumani Germaniyaga taklif qildi. Achinarlisi shundaki, “ikkinchi Ronaldu” “buqalar” safida ham o'zini ko'rsata olmadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi bo'lishiga qaramay, atigi 5 ta gol kiritish bilan cheklandi. Oldiga katta maqsadlarni qo'yishni boshlagan klub Brumadan umidni uzdi va uni PSVga sotib yubordi. Bugungi kunda hujumchi 25 yoshni qarshi olgan o'rta klassdagi (Kuchli beshlik futbolchilari orasida) ijrochi sanaladi. O'smirlik chog'idagi iqtidori sababli Portugaliyaning kelajagi bo'lishi taxmin qilingan Bruma allaqachon muxlislar yodidan ham ko'tarilib ketdi.

 

Gonsalu Gedesh – “Valensiya”

 

Gedish nafaqat Portugaliya, balki butun Evropadagi eng iqtidorli yosh futbolchi deb tan olingan edi. Transfermarket portalidagi narxi kundan-kunga o'sayotgan “Benfika” futbolchisi bilan kimlar shartnoma imzolashni istamadi deysiz?! 2015-yilda katta futbolga kirib kelgan bo'lsada, ko'p o'tmay u bilan PSJ qiziqib qoldi va 2017-yilda hujumkor yarim himoyachini o'z safiga qo'shib oldi. Porlab kelayotgan yulduz va “ikkinchi Ronaldu” maqomidagi Gedish Parijda atigi 8 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq hech qanday mo'jiza yuz bermadi. “Ikkinchi Ronaldu” aslida omadsiz transfer bo'lib chiqdi. Vaziyat qo'ldan chiqib ketib bo'lgan, PSJ Gedishni transferga qo'ygan bir paytda “Valensiya” ishga kirishdi. “Ko'rshapalaklar” avvaliga Gedishni bir mavsumga ijaraga olishdi. Gonsala Ispaniyada o'zini juda yaxshi namoyish etdi va taqdir bergan imkoniyatdan foydalandi. “Valensiya” esa, Gedish uchun PSJGa 40 million evro to'ladi.

Bugungi kunda Gonsalo “Valensiya”ning etakchilaridan biri sanaladi, biroq uni Ronaldu bilan qiyoslash noo'rin. Sababi, “Valensiya”da Gedish klassik yarim himoyachiga aylandi. Gollar soni ham keskin pasayib ketgani shu bilan bog'liq. Ayni damda Gedish 23 yoshni qarshi oldi. Uning kelajagi oldinda, biroq hech kim Ronaldu bilan uni endi solishtirmayapti.

 

Joa Felish – “Atletiko Madrid”

 

Ayni damda sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanalmush Joa Flish haqida ortiqcha ta'rifning xojati yo'q chamamda.

“Benfika” klubidagi ilk professional mavsumidayoq 15 ta (ichki birinchilikda) gol kiritgan Felish ko'plab grandlar e'tiborini tortdi. Keyin terma jamoa bilan “Evropa Millatlar Ligasi”dagi g'alaba transfer summasining ortib ketishiga sabab bo'ldi. Eng muhimi, uning iqtidorini shaxsan Krishtianu Ronaldu e'tirof etdi va o'zining vorisi deb rasman e'lon qildi. Bunday voqealardan so'ng, “Atletiko Madrid” bor kuchi bilan ishga kirishdi. Hatto tejamkor klubni Felishning 126 million evroga baholangani ham so'zidan qaytara olmadi.

Joa mavsumni jamoaning asosiy hujumchisi sifatida boshladi. Ilk uchrashuvida (“Xetafe”ga qarshi “La Liga”da ) penalti ishlab bergach, uning muxlislari soni yanada ortib ketdi. Afsuski, keyin ishlar ortga ketishni boshladi. Hatto Ronalduning izdoshi mavsum so'nggida asosiy takribdagi o'rnini ham yo'qotib qo'ydi. Felish mavsumni atigi 6 ta gol bilan yakunlashga juda yaqin turibdi. Joa endigina 20 yoshga to'lgan bo'lsada, grand jamoalarda o'zini ko'rsatish bobida Ronaldudan ancha ortda ekanligini ma'lum bo'lib qoldi. Krishtianu uning yoshida “oltin to'p” uchun kurashayotgan super yulduz edi. Felish hozircha, asosiy tarkib uchun kurash olib bormoqda. Farq juda katta…

Diogo Jota – “Vulverhempton”

 

O'z Ronaldusi bo'lishini “Atletiko Madrid” juda istagani bois, Felishdan avvalroq Jotani o'z tarkibiga qo'shib olgan edi. Afsuski, portugaliyalik hujumchi uchun “matraschilar” o'yin amaliyotini umuman taqdim etishmadi. Avvaliga “Portu”ga, keyin “Vulverhempton”ga ijaraga berilgan Jota ikki safar ham o'zini ko'rsata oldi. Ayniqsa, uning “bo'rilar”ga APL yo'llanmasini olib berish yo'lida ko'rsatgan hizmatlari tahsinga sazovar. “Vulverhempton” vaziyatni to'g'ri baholadi va Jotani “Atletiko”dan 12 million funt evaziga sotib oldi. Bugungi kunda, hujumchining transfer qiymati ancha ko'tarilib ketgan.

Diogo APLda o'zini munosib ko'rsata oldi. 57 ta o'yinda maydonga tushgan Jota 15 bor raqib darvozalarini ishg'ol qildi. Ximenes, Adam ava Jota uchligi bu mavsumni juda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. “Pasush De Fereyra” safidagi o'yinlari sababli “yangi Ronaldu” deb e'zoz qilingan forvord katta futbolda o'z o'rnini topdi, biroq “ikkinchi Ronaldu” bo'lishni uddalay olmadi.

BestMaster
22 Iyul 2020, 11:30
“yangi, ronaldu”lar, hozir, qaerda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Булар роналду була олмайди
22 Iyul 2020, 11:45
 u7777u  
Ха
24 Iyul 2020, 21:28
 u7777u  
Ха
24 Iyul 2020, 21:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads